Juma tashrifi 01.03.2024
Bugun viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov boshchiligida bir qancha notiq imom-xatiblar m'ruza qilish va juma namozini o‘qib berish maqsadida viloyatimizning chekka hududlarga tashrif buyurdilar. Zayniddin domla Urgut tumanidagi "Uramas" jome masjidiga, Yoqubjon domla Tayloq tumanidagi “Yastepa” jome masjidiga tashrif buyurib, mazkur jomelarda Juma namozidan oldin "HAR SOHADA PESHQADAMLIK DINIMIZ KO‘RSATMASIDIR" mavzusida mo‘min-musulmonlarga ma'ruza qilib berdilar.
Shundan so‘ng, juma namozini jamoat bilan birga ado etdilar.
Shuningdek imom-xatiblarimiz ham taqsimot asosida hududlardagi masjidlarga tashrif buyurdilar. Juma namozi asnosida mo‘min-musulmonlarga "HAR SOHADA PESHQADAMLIK DINIMIZ KO‘RSATMASIDIR" mavzusi asosida mazmunli ma'ruza qilib berdilar hamda jamoat bilan birga Juma namozini ado qildilar.
Alloh taolo viloyatimizga tashrif buyurgan ulamolarimiz safarini xayrli va manfaatli qilsin!
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyat vakilligi Matbuot xizmati
Kiritilgan vaqti: 01/03/2024 21:32; Ko‘rilganligi: 576
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 12:11