O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Joylarda qurilish ishlari bilan tanishildi

 
 

Bugun, 16 fevral kuni viloyat bosh imom-xatibi o‘rinbosari Yoqubjon domla Mansurov Kattaqo‘rg‘on tumanida joylashgan “Qirovul” masjidida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishdilar. Xususan, namozxonlarga yanada qulayliklar yaratish maqsadida masjid taxoratxonasining yangi, zamonaviy binosi tez fursatdda qurib bitkazilishi va namozxonlar ixtiyoriga topshirilishini aytib qurilish uchun kerak bo‘ladigan jihozlarni vakillik tomonidan yuborilishini aytib o‘tdilar. Shundan so‘ng, Yoqubjon domla Mansurov Paxtachi tumanida joylashgan “Bolg‘ali” masjidida olib borilayotgan qurilish ishlari bilan tanishdilar va qurilish-montaj ishlarini milliy va zamonaviy me'morchilik an'analariga to‘la mos holda amalga oshirish yuzasidan alohida tavsiyalar taqdim etdilar.

Tashrif davomida mazkur tumanda joylashgan “Toshko‘prik” masjidiga ham bordi va masjidning yangi quriladigan taxoratxonasining loyihasini quruvchilarga topshirdi.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmat


Kiritilgan vaqti: 16/02/2021 18:04;   Ko‘rilganligi: 1094
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/joylarda-qurilish-ishlari-bilan-tanishildi
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 12:13
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing