O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

ISTIQLOL EZGULIK DEMAKDIR

 
 

Mustaqilligimizning 25 yilligi munosabati bilan 11 avgust kuni Samarqand shahrida joylashgan Namozgoh jome masjidi tomonidan homiylarni jalb qilgan holda 9-sonli Mehribonlik uyining 70 nafar tarbiyalanuvchilariga bayram dasturxoni tashkil etildi. Tadbirda Namozgoh jome masjidi imom xatibi H.Po‘latov, mehribonlik uyi tarbiyachilari, homiylar ishtirok etdilar.

Murg‘aklarning o‘ksik qalbiga xursandchilik kirgizish, mustaqillik bayrami oldidan ularning diliga xushnudlik ulashish maqsadida amalaga oshirilgan bayram dasturxoni atrofida jamlangan go‘daklarning yuzlarida sevinch alomatlari ko‘rinib turardi.

Shuningdek, bayram asnosida tarbiyalanuvchilardan 6 nafar o‘g‘il bolaning xatna to‘ylari ham bo‘lib o‘tdi va bolalarga homiylar tomonidan to‘yona kiyim-kechaklar ulashildi.

Bayram so‘ngida mehribonlik uyi rahbariyati tomonidan masjid rahbariyati va homiylarga chuqur minnatdorchilik bildirildi.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 11/08/2016 00:00;   Ko‘rilganligi: 2531
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/istiqlol-ezgulik-demakdir
Chop etilgan vaqti: 28/03/2024 23:32
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing