O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Imomlar yanada faol bo‘lishga chaqirildi

 
 

2017 yil 5 dekabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasining Samarqand viloyati vakilligi binosida shahar va tuman bosh imom xatiblari ishtirokida navbatdagi haftalik yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Bu galgi yig‘ilishda Samarqand shahridagi masjidlar imomlari ham ishtirok etdi.

Yig‘ilishda viloyat bosh imom xatibi Zayniddin domla Eshonqulov olib borilayotgan ishlar, yutuq va kamchiliklar xususida so‘zlar ekan, jumladan FHDYO bo‘limlarida oila qurish uchun ariza bilan murojaat etganlar ishtirokida tashkil etilgan va hozirda tizimli ravishda davom etayotgan "Yosh oila quruvchilar maktabi" hamda "Oila Dorulfununi" maxsus o‘quv kurslari O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan e’tirof etilib, ushbu mexanizm Respublika bo‘ylab joriy qilinayotganini ma’lum qildi.

Oz bo‘lsada imomlarimiz tomonidan qilingan harakat, mehnat qadr topib, munosib baholangani barcha uchun katta mukofotligini ta’kidlab, buning uchun yaqindan yordam bergan barcha imom xatiblarga minnatdorchilik bildirdi.

Aholi bilan olib borilayotgan o‘rganish ishlarining ijobiy natijalari o‘laroq ko‘plar oilalar, qo‘ni-qo‘shnilar o‘rtasi isloh etilib, o‘z joniga qasd qilishga uringanlarga ruhiy daldalar berilayotganini aniq misollar asosida izohlab o‘tdi.

Jinoyat va huquqbuzarlikning oldini olish bo‘yicha talay ishlar amalga oshirilganini ta’kidladi va imom xatiblarni yanada faol bo‘lishga chaqirdi.

Shuningdek, yig‘ilishda Konstitusiyamizning qabul qilinganining 25 yillligiga munosib tayyorgarlik ko‘rish, masjidlarni qishki mavsumga hozirlash kabi muhim masalalar ham muhokama etildi.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 05/12/2017 00:00;   Ko‘rilganligi: 2005
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/imomlar-yanada-faol-bolishga-chaqirildi
Chop etilgan vaqti: 28/03/2024 20:18
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing