O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

IIB shaxsiy tarkib xodimlarining o‘quv seminarida

 
 

Samarqand viloyat IIB PPX va JTSB binosida shahar va tuman IIB bo‘limlari shaxsiy tarkib xodimlari uchun tashkil etilgan o‘quv-seminarda viloyat bosh imom xatibi o‘rinbosari Xayrulla Sattorov ishtirok etdi.

Xodimlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida tashkil etilgan seminarda X.Sattorov tomonidan turli aqidaparast oqimlarning paydo bo‘lishi, maqsadi, bir-biriga nisbatan farqi xususida ma’ruza qilindi.

Ekstremistik va terroristik kuchlarning aynan islom niqobidan foydalanishining asl sababi, islom dinining asl mohiyati haqida so‘z yuritildi.

Shuningdek, uchrashuv davomida mavzuga oid savol-javoblar o‘tkazildi.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 06/11/2018 00:00;   Ko‘rilganligi: 1358
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/iib-shaxsiy-tarkib-xodimlarining-oquv-seminarida
Chop etilgan vaqti: 29/03/2024 01:05
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing