IIB shaxsiy tarkib xodimlarining o‘quv seminarida
Samarqand viloyat IIB PPX va JTSB binosida shahar va tuman IIB bo‘limlari shaxsiy tarkib xodimlari uchun tashkil etilgan o‘quv-seminarda viloyat bosh imom xatibi o‘rinbosari Xayrulla Sattorov ishtirok etdi.
Xodimlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida tashkil etilgan seminarda X.Sattorov tomonidan turli aqidaparast oqimlarning paydo bo‘lishi, maqsadi, bir-biriga nisbatan farqi xususida ma’ruza qilindi.
Ekstremistik va terroristik kuchlarning aynan islom niqobidan foydalanishining asl sababi, islom dinining asl mohiyati haqida so‘z yuritildi.
Shuningdek, uchrashuv davomida mavzuga oid savol-javoblar o‘tkazildi.
O‘MI Samarqand viloyati vakilligi
Kiritilgan vaqti: 06/11/2018 00:00; Ko‘rilganligi: 1609
Chop etilgan vaqti: 18/04/2025 05:38