HINDISTONNING YANA BIR DELEGASIYASI SAMARQANDDA
15 mart kuni Samarqandga Hindistonning Kerala shtatida joylashgan «Sunniy madaniyat markazi» rahbari doktor Muxammad Abdulhakim Azhariy boshchiligida bir guruh ziyoratchilar tashrif buyurdi.
Ushbu tashrif Dehli shahri jome masjidining bosh imomi, Hindistondagi Naqshbandiya tariqatining namoyandalaridan biri Said Ahmad Buxoriy rahbarligidagi diniy delegatsiya tashrifidan bir kun o‘tib ro‘y bermoqda.
Mehmonlarni Samarqand xalqaro aeraportida viloyat bosh imom xatibi Z.Eshonqulov va boshqa mutasaddilar kutib oldilar.
21 martga qadar davom etishi rejalashtirilgan safar Samarqanddan boshlandi va mehmonlar viloyatdagi ziyoratgohlarga tashrif buyuradilar va diqqatga sazovor joylarini tomosha qildilar. Jumladan Imom Buxoriy majmuasi mehmonlar tomonidan alohida ehtimom bilan ziyorat etildi.
Safar kunlari davomida Toshkent, Buxoro va Termiz shaharlariga ham borish nazarda tutilgan. Bu haqda “mehrob.uz” sayti xabar beradi.
O‘MI Samarqand viloyati vakilligi
Kiritilgan vaqti: 15/03/2018 00:00; Ko‘rilganligi: 1869
Chop etilgan vaqti: 06/12/2024 13:07