Harbiylar bilan “Oila - muqaddas dargoh” mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi
Samarqand viloyat vakilligi “Oila” IAT markazi viloyat boshqarmasi hamkorligida Markaziy Harbiy okrugda “Oila - muqaddas dargoh” mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. “Mustahkam oila – jamiyat tayanchi” shiori ostida o‘tkaziladigan “Oila -muqaddas dargoh” tadbiri zamirida uylanmagan harbiy xizmatchilarni bo‘lajak umr yo‘ldoshini tanlashda yo‘l-yo‘riqlar berish, harbiy xizmatchilar oilalarini jamiyatda nufuzini oshirish, ma'nan sog‘lom oilalarda barkamol yosh avlodni tarbiyalash kabi ezgu maqsad mujassamdir.
Tadbirda ishtirok etgan Samarqand shahar “Damariq” jome masjidi imom-xatibi Nursultonxon Abdumannanov “Oila tinchlik-xotirjamligi va saodatini ta'minlash oiladagi har bir shaxsning o‘z mas'uliyatini his qilishi va bajarishi bilan barqaror bo‘ladi. Bunday mas'uliyatni esa, er va xotin o‘rtasini bog‘lab turuvchi nikohgina joriy qilishi va mustahkamlashi mumkin. Payg‘ambar (alayhissalom) bir hadislarida: «Nikoh mening sunnatimdir, kim sunnatimdan voz kechsa, u mendan emas (ya'ni, ummatimdan emas)”, deganlar. Demak, nikoh asosida turmush qurish Alloh taoloning buyrug‘i, Payg‘ambarimizning (alayhissalom) sunnatlari ekan, musulmon kishi oila qurishni paysalga solmay, uni shar'iy nikoh asosida amalga oshirishi lozim. Nikoh tufayli inson o‘z nasl-nasabining pokligini saqlaydi, iffatini asraydi, buzuqlik, zino singari harom ishlardan tiyiladi”, dedi.
O‘MI - Samarqand viloyati vakilligi matbuot xizmati
Kiritilgan vaqti: 26/12/2019 10:13; Ko‘rilganligi: 1582
Chop etilgan vaqti: 09/10/2024 02:13