HAR BIR MASJID YIGIRMA BESh XONADONGA TAMOYILI OSTIDA XAYRIYALAR
Jonajon yurtimiz istiqlolining 25 yilligi arafasida viloyatimiz imom xatiblari tomonidan “Har bir masjid yigirma besh xonadonga" tamoyili ostida xayriya ishlar jadal suratlarda olib borilmoqda.
Jumladan, 23 avgust kuni Samarqand tumani “Xo‘ja Ahrori Vali” jome masjidi imom xatibi Bahodir Sharipov tashabbusi bilan homiylarni jalb qilgan holda masjid atrofidagi mahallalarda istiqomat qiluvchi kam ta’minlangan oilalar, yolg‘iz keksalar, nogironlardan iborat 25 nafar fuqaroga moddiy yordam tariqasida oziq-ovqat mahsulotlari ulashildi.
Bunga javoban moddiy ko‘mak berilganlar tomonidan B.Sharipov va barcha homiylarga minnatdorchilik izhor etildi.
Viloyatimiz bo‘ylab moddiy ko‘mak ko‘rsatish ishlari davom etmoqda
O‘MI Samarqand viloyati vakilligi
Kiritilgan vaqti: 25/08/2016 00:00; Ko‘rilganligi: 3114
Chop etilgan vaqti: 09/10/2024 02:41