O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Hajingiz mabrur bo‘lsin

 
 

Joriy yilgi haj mavsumi ham boshlandi. Yurtdoshlarimiz pokiza qalb ila birin-ketin Saudiya Arabiston tomon otlanmoqdalar. Har yilgidek bu gal ham hukumatimiz tomonidan yuqori ehtimom bilan hojilar kuzatish ishlari tashkil etilyapti.

Samarqand viloyati hojilarining dastlabki guruhlari hozirda Madina shahrida bo‘lib turibdilar. O‘zbekiston musulmonlari idorasining “muslim.uz” rasmiy sayti xabar berishicha, bugun, ya’ni 4 avgust kuni ziyoratchilar Madinai munavvarani ziyorat qilmoqdalar. Uhud tog‘i, Qiblatayn, Qubo masjidlariga hojidarning ziyorati tashkil etilgan.

Ziyoratlar chog‘ida guruh rahbari bo‘lgan imom-domlalarimiz ziyoratchilarimizga Uhud tog‘ida musulmonlarning mushriklar bilan qilgan shiddatli jangi, Qiblatayn va Qubo masjidlarining tarixi haqida so‘zlab berdilar.

Yurtdoshlarimizga ziyoratlari qabul, ibodatlari maqbul bo‘lishini tilab qolamiz.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 04/08/2018 00:00;   Ko‘rilganligi: 1555
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/hajingiz-mabrur-bolsin
Chop etilgan vaqti: 29/03/2024 02:03
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing