O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

“GRAND TA'LIM” yangi binoda faoliyatini davom etiradi

 
 

“GRAND TA'LIM” nodavlat ta'lim muassasi 2006 yilda buyon Toshkent shahrida o‘z faoliyatini boshladi. 2018 yilga kelib ta'lim muassasining filiali Samarqand shahrida o‘z ish faoliyatini boshladi.

Muassasa arab, rus, ingiliz tillari va boshqa shu kabi yo‘nalishlarda tinglovchilarga saboq beradi. GRAND TA'LIM tinglovchilarni 7 yoshdan qabul qiladi va o‘qish muddati cheksiz. Samarqand viloyatida ushbu ta'lim muassasasida o‘qish istagi bo‘lgan fuqarolar ko‘p bo‘lganligi uchun mavjud o‘quv binosini kengaytirishga ehtiyoj sezildi. Shu munosabat bilan ta'lim muassasasining binosi Samarqand shahar Mirsaid Baraka ko‘chasi, 40 uyda yangi barcha sharoitlarga ega bo‘lgan holda faoliyatini davom ettirishni boshladi.

Ushbu ta'lim muassasining bugun ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.Unda viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov, Samarqand shahar bosh imom-xatibi Zafar domla Mahmudov, fahriy imom-xatibimiz ustoz Mahmudjon domla Ibodullayev,  VAQF xayriya jamoat fondi Samarqand filiali rahbari A.Sultonov va jamoatchilik, tinglovchilar ishtirok etishdi hamda GRAND TA'LIM nodavlat ta'lim muassasi tomonidan olib borilayotgan xayrli ishlarga Yaratgandan muvaffaqiyatlar va ulkan zafarlar tilab, duolar qildilar.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 04/11/2020 15:25;   Ko‘rilganligi: 1516
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/grand-talim-yangi-binoda-faoliyatini-davom-etiradi
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 05:22
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing