O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

"Gapirmayman, eshitmayman lekin Allohdan roziman..."

 
 

Xabaringiz bor, marhum muftiy Usmonxon Temirxon o‘g‘li hazratlari tomonidan nashr etilgan “Tafsiri Irfon” kitobining muxtasar shaklda ta'lif etilgan – “Qur'oni karim va o‘zbek tilidagi ma'nolari tarjimasi” kitobi chop etilib, xayriya tariqasida keng tarqatilmoqda.

Ayni kunlarda ushbu Qur'oni karim kitobining nusxalari madrasalar ustozlari, talabalari, imom-domlalar, diniy soha xodimlari va Qur'oni karim o‘qishga ishtiyoqi bor, lekin imkoniyati yo‘q fuqarolarga ham bepul tarqatish ishlari davom etmoqda.

Shunday tadbirlardan biri O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi “Vaqf” fondi tashabbusi bilan O‘MI Samarqand viloyat vakilligi tomonidan Samarqand shahrida eshitish va so‘zlashishda nuqsoni bor, ijtimoiy ximoyaga muhtoj yurtdoshlarimizga “Siz bizga keraksiz!” shiori ostida ma'rifiy tadbir o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyat vakilligi, “Vaqf” fondining hududiy filiali va hamkor tashkilot xodimlari ishtirok etdi.

Tadbirni O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakili  Zayniddin domla Eshonqulov  kirish qismi bilan ochib berdilar.

Viloyat bosh imom-xatibi o‘z ma'ruzalarida  diniy jabhada olib borilayotgan ezgu ishlar borasida so‘zladi.

Tadbirni “Missionerlikdan ogoh bo‘ling” mavzusida viloyat bosh imom-xatibi o‘rinbosari Xayrullo domla Sattarov o‘z ma'ruzasi bilan davom ettirdi.

Ma'rifiy tadbirda so‘zga chiqqanlar Islom dinining mazmun-mohiyati, iymon-e'tiqod masalasi haqida ma'lumot berish bilan birga, missionerlik xataridan ogoh bo‘lish lozimligini ta'kidladilar.

Shundan so‘ng, imkoniyati cheklangan fuqarolardan 2 nafari so‘zga chiqib, ularga berilayotgan e'tibor, qilinayotgan hurmat-ehtiromdan mamnun ekanligini aytib o‘tdi. Qolaversa, Missionerlikning salbiy oqibatlari borasida yetarlicha tushunchalar hosil qilganligini va bularni o‘z do‘stlariga ham tushunarli qilib yetkazishini ta'kidladilar.  

Tadbir davomida marhum muftiy Usmonxon Alimov hazratlari tarjima qilgan “Qur'oni karim va o‘zbek tilidagi ma'nolar tarjimasi” kitobi imkoniyati cheklangan hamyurtlarimizga hadya tariqasida tarqatildi, shuningdek, oziq-ovqat mahsulotlari berildi.

Yig‘ilish yakunida “Vaqf” xayriya jamoat fondi tomonidan uchrashuv ishtirokchilari uchun ehson dasturxoni yozilib, osh tarqatildi.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi mabuot xizmati 


Kiritilgan vaqti: 29/09/2021 17:30;   Ko‘rilganligi: 947
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/gapirmayman-eshitmayman-lekin-allohdan-roziman
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 13:00
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing