O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

ENG MA’RIFATLI IMOM KO‘RIK TANLOVINING BIRINCHI BOSQICHI YAKUNLANDI

 
 

Avval xabar berganimizdek joriy yilning 17 sentyabr kunidan boshlab o‘tayotgan “ENG MA’RIFATLI IMOM” ko‘rik tanlovi 20 sentyabr kuni oxirgi Urgut, Kattaqo‘rg‘on tumanlari va Kattaqo‘rg‘on shahri bosqichi nihoyasiga yetdi. Sovrinli o‘rinlarni (1-2-3 o‘rin) qo‘lga kiritganlar ro‘yxati bilan tanishing:

Urgut tumanidan birinchi o‘rinni “Ahmad Yassaviy 2” jome masjidi imom noibi Qorayev Aminjon, ikkinchi o‘rinni “G‘ovsul A’zam” jome masjidi imom xatibi Isayev To‘lqin, uchinchi o‘rinni “Soy G‘o‘s” jome masjidi imom xatibi Ormonov Xudoydod.

Kattaqo‘rg‘on tumanidan birinchi o‘rinni “Yangi Ravot” jome masjidi imom xatibi Bohodirov Faxriddin, ikkinchi o‘rinni “Xo‘ja Jarroh” jome masjidi imom xatibi Shamsiddinov Sirojiddin, uchinchi o‘rinni «Valijon» jome masjidi imom xatibi Kadirov Usmon.

Kattaqo‘rg‘on shahridan birinchi o‘rinni “Tegirmonboshi” jome masjidi imom xatibi Mamasoliyev Nurbek, ikkinchi o‘rinni “Qoriravot” jome masjidi imom xatibi Ro‘ziyev Saydullo, uchinchi o‘rinni “Muhammad Naqibbek” jome masjidi imom xatibi Nazarov Anvarlar qo‘lga kiritdilar.

Shu bilan “ENG MA’RIFATLI IMOM” ko‘rik tanlovining birinchi bosqichi nihoyasiga yetdi. Mazkur ko‘rik tanlovning ikkinchi bosqichi 2018 yil oktyabr oyining birinchi o‘n kunligida o‘tkazish rejalashtirilmoqda.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 20/09/2018 00:00;   Ko‘rilganligi: 1848
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/eng-marifatli-imom-korik-tanlovining-birinchi-bosqichi-yakunlandi
Chop etilgan vaqti: 28/03/2024 22:32
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing