O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

«El-yurt hurmati» ordeni muborak bo‘lsin!

 
 

Azal-azaldan bu xalq, bu millat, bu yurtning rahnamolari ilmni qadrlagan. Ilm ahlini e'zozlagan. Sohibqiron Amir Temur hazratlarining hayotini, tarixini o‘qigan har kishi yaxshi biladiki, Sohibqiron bobomiz o‘z zamonasidagi ahli ilmlarni, ulamo va diniy soha vakillarini qattiq hurmat qilgan. ularga alohida lutf ko‘rsatib, xizmatlarini munosib taqdirlagan.

Ularga yuksak ishonch bildirgan. Amir Temur bobomizning shavkati, g‘alabalarining bir sababi ham aynan, ahli ilmlarga bo‘lgan hurmati, din ulamolarining duolari barakotidan desak mubolag‘a bo‘lmas.

     O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev ham bu qadriyatni, go‘zal an'anani davom ettirib xayrli bir ishni amalga oshirdilar. Bir necha yillardan beri O‘zbekiston Musulmonlari idorasi raisi lavozimida ishlayotgan muftiy Usmonxon Alimov hazratlarining  70 yillik tavallud ayyomi bilan samimiy tabrikladilar. Shu munosabat bilan u kishini  din va millat rivoji, xalq va jamiyat forovonligi yo‘lida olib borayotgan faoliyatlarini munosib tarzda, “El yurt hurmati” ordeni bilan taqdirladilar. Bu voqea ham  yurtimizda insonning millati, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, faoliyat turidan qat'iy nazar  uning sha'ni va shavkatini e'zozlash, mehnatini munosib rag‘batlantirish, unga o‘z iste'dod va qobiliyatini namoyon etish borasida barcha imkoniyatlar  yaratilganligidan dalolatdir.

    Ta'kidlash kerak, «El-yurt hurmati» ordeni bilan mamlakat mustaqilligini, uning iqtisodiy qudratini mustahkamlashga, milliy ma'naviyatni, madaniyatni yuksaltirishga katta hissa qo‘shgan, o‘z mehnati, ilmiy, jamoat ishi, mehnatsevarligi va vatanparvarligi bilan jamoatchiligining izzat-hurmatiga sazovor bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari mukofotlanadilar.

    Shu munosabat bilan O‘zbekiston Musulmonlari idorasining Samarqand viloyati vakilligi muftiy hazratlarini ushbu mukofot bilan chin yurakdan muborakbod etadi va kelgusi  faoliyatlariga zafarlar tilaydi.

Samarqand viloyati vakilligi matbuot xizmati

 


Kiritilgan vaqti: 07/01/2020 14:55;   Ko‘rilganligi: 979
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/el-yurt-hurmati-ordeni-muborak-bolsin
Chop etilgan vaqti: 11/11/2024 03:14
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing