O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Chegara hududlarda Juma namozi ado etildi

 
 

Viloyatning olis va chegara hududlarida joylashgan masjidlarga tajribali va salohiyatliimom-xatiblarning Juma namoziga tashrifirejasi yuzasidan bugun Samarqand shahar bosh imom-xatibi Zafar domla Mahmudov Bulung‘ur tumanida joylashgan “Cho‘yantepa” masjidiga hamda Samarqand shahar “Damariq” jome masjidi imom-xatibi Nursultonxon domla Abdumannonov Urgut tumanida joylashgan “Mo‘lla Muhammadi” masjidlariga tashrif buyurdilar.

Imom domlalarimiz mazkur masjidlarda yig‘ilgan namozxonlarga “Moturidiy e'tiqodiga ko‘ra Iymonning mohiyati va uning shartlari” mavzusi asosida sermazmun va'zu irshod qildilar.Iymon insonning dunyo va oxiratdagi martabasini belgilaydigan ulug‘ ne'mat ekanligini, iymonning nafaqat oxiratda balki bu dunyoda ham inson hayotidagi ahamiyatini hayotiy voqealardan misollar keltirib tushuntirdilar. Shuningdek, iymon shartlari hamda uning mazmun mohiyatlarini Islom dini manbaalarida keltirilgan ma'lumotlar asosida mo‘min-musulmonlarga birma-bir sharhladilar.

Juma namozi so‘ngida jamoat bilan Alloh taolodan yurtimiz tinchligini, butun dunyoga rahna solib turgan kasallikning insoniyat boshidan tezroq arishini so‘rab duoi xayrlar qilindi.

 


O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 16/10/2020 15:59;   Ko‘rilganligi: 906
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/chegara-hududlarda-juma-namozi-ado-etildi
Chop etilgan vaqti: 01/05/2024 01:23
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing