O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Bobolaramiz o‘gitlarini unitdik (Samarqandda "neft" tekinga oqmoqda)

 
 

Camarqand shahridagi chashma arig‘ida "neft" oqmoqda. Samarqand shahridagi Fidoyilar mahallasidan oqib o‘tuvchi bu ariqni ko‘rgan kishi bir qarashda ariq to‘la neft degan xayolga boradi. Chunki undagi suv suvga o‘xshamaydi, deya xabar beradi www.zarnews.uz sayti.

Lavhalardagi holatlar haqiqatan ham achinarli. Xabarda yillar davomida uyulib ketgan turli chiqindilar, shundoqqina ariq yoqasidagi xonadonlar va hatto ishlab chiqarish korxonalarining oqova suvlari ariqni shu holga keltirgani, afsuski, hududdagi chiqindi muammosi suvnikidan ming chandon achinarliroq ekani ta’kidlanadi.

Hududa 500 metrdan ziyodroq hududda ulkan chiqindi maydoni, chiqindilardan iborat o‘nlab tepaliklar paydo bo‘lgan. Ana shu tepaliklarning shundoqqina ostida qurilgan uylarda esa aholi istiqomat qiladi.

Mahallada yaqinda 30-31 oktyabr kunlari suv toshqini yuzaga kelib, o‘nlab xonadonlar zarar ko‘rgan. Toshqin ham aynan chiqindi sabab yuzaga kelgan ekan. “Neft” bilan qo‘shilib oqayotgan chiqindilar suv ustidagi ko‘prikka tiqilib, suv toshib ketgan.

Biz saytimiz orqali ushbu muamoning yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan boshqa bir jihat haqida so‘z yuritmoqchimiz. U ham bo‘lsa ushbu hududda yashaydigan ko‘plab aholining islom dinining shiorlaridan biri bo‘lgan poklikka amal qilmagani va mutasaddilar tomonidan ushbu xunik holatni keltirib chiqarmaslik uchun shart-sharoitlar yaratilmaganlidadir.

Vaholanki ushbu ishga sabab bo‘lanlarning ota-bobolari “Albatta, Alloh taolo Yaxshidir yaxshilikni sevadi, Saxiydir saxovatni sevadi, Pokdir poklikni sevadi. Poklaninglar yon atrofingizni pok tutinglar” hadisiga amal qilib, “Chiqindini ariqqa supurma, suvga tushirma, hovli va ko‘chalarga axlat tashlama”, deya ta’kidlab kelganlar.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 14/11/2018 00:00;   Ko‘rilganligi: 1470
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/bobolaramiz-ogitlarini-unitdik-samarqandda-neft-tekinga-oqmoqda
Chop etilgan vaqti: 29/03/2024 17:32
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing