O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Bilim va ko‘nikmalar oshib bormoqda

 
 

Samarqand viloyati imom xatiblar uchun “ma’naviyat soat”lari tashkil etilganligi va tizimli davom etayotgani haqida doimiy ma’lumot berib kelmoqdamiz.

7 dekabr, payshanba kuni ham viloyat bo‘ylab masjidlarda navbatdagi o‘quv-mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tdi.

Mashg‘ulotlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganining yigirma besh yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi F-4969-sonli Farmoyishining mazmun mohiyati ma’naviyat va ma’rifat markazi shahar va tuman bo‘limi rahbarlari tomonidan imom xatiblarga yetkazildi.

Shuningdek, bosh imomlar tomonidan Bosh qomusimiz inson hayotining barcha jihatlarini, jumladan, uning shaxsiy, siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy huquqlari va vijdon erkinligini kafolatlovchi muhim hujjat ekanligi ta’kidlandi. Yurtimizdagi barcha diniy tashkilotlar faoliyati va ayniqsa, jamiyatda imom-xatiblar eng ko‘p uchraydigan oila va nikoh, ota-ona va farzandning burch va majburiyatari to‘g‘risidagi moddalarni Qur’oni karim oyatlari va hadislar sharhi asosida qiyoslab berildi.

Yana bir e’tiborli jihat, “Ma’naviyat soat”larining sermazmunlik kasb etishi uchun kitob mutolaasi yo‘lga qo‘yilgan. O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlarining qalamiga mansub “So‘ragan edingiz” hamda marhum Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahmatullohi alayning “Kifoya” kitobidan ma’lum miqdor o‘qilib, zehnlarga mustahkam o‘rnashishi uchun munozara qilib borilyapti.

Ta’kidlash lozimki, ropparosa bir yildan beri davom etib kelayotgan “ma’naviyat soat”lari natijasi o‘laroq imom xatiblarimizning diniy bilimlari bir muncha o‘sdi va viloyatda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashga qaratilgan tadbirlarga nisbatan faolliklari sezilarli darajada jonlandi, bu boradagi ko‘nikma va tajribalari mustahkamlandi.

Eslatib o‘tamiz, “ma’naviyat soati” o‘quv-mashg‘ulotlari har haftaning payshanba kuni shahar va tumanlar kesimida masjidlar bo‘ylab sayyor ko‘rinishda olib boriladi.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 08/12/2017 00:00;   Ko‘rilganligi: 2219
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/bilim-va-konikmalar-oshib-bormoqda
Chop etilgan vaqti: 12/12/2024 09:19
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing