O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Tadbirlar

VAQF XAYRIYA JAMOAT FONDI HAYIT BAYRAMI MUNOSABATI BILAN NOGIRONLIK ARAVACHASI HADYA QILDI

 
 

“Vaqf” xayriya jamoat fondi va Samarqand shahar “Shohi Zinda” jome masjidi hamkorlikda Ramazon hayiti kunlari jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslarga hayit bayrami munosabati bilan moddiy yordam ko‘rsatdilar. Jumladan, Jomboy tumani, O‘roqli MFYda yashovchi Karimqulov Ro‘zimurod, Tayloq tuman, Nayman MFYda yashovchi Ziyoev Husenjon va Samarqand Veterenariya va meditsina instituti talabasi Safarova Bahoralarga 3 dona 5 400 000 so‘mlik nogironlik aravachalari ehson qildi.

“Ulug‘ ayyom kunlarida ko‘ngli yarim kishilar qalbiga surur kirishiga, ozgina bo‘lsa ham ularga yordam berishga muvaffaq bo‘lsak, maqsadga erishgan bo‘lamiz”, deydi “Vaqf” xayriya jamoat fondi Samarqand viloyat filiali rahbarining o‘rinbosari A. Sultonov.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi


Kiritilgan vaqti: 03/06/2019 00:00;   Ko‘rilganligi: 1431
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/events/vaqf-xayriya-jamoat-fondi-hayit-bayrami-munosabati-bilan-nogironlik-aravachasi-hadya-qildi
Chop etilgan vaqti: 20/04/2024 05:45
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing