O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Tadbirlar

Vaqf fondlarining qo‘shma tadbiri o‘tkazildi

 
 

Joriy yil 23 may kuni “Vaqf” xayriya jamoat fondi Samarqand viloyat filiali hamda Turkiya davlatining Istanbul shahrida faoliyat olib borayotgan “Aziz Mahmud Xudoyi Vaqfi" tashkiloti tomonidan kam ta'minlangan oilalar va Viloyat Nogironlar jamiyatining a'zolariga Ramazon oyi munosabati bilan xayriya tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda jami ellik nafar kam ta'minlangan va nogironlar jamiyati a'zolariga oziq ovqat mahsulotlari tarqatildi.

“Vaqf” xayriya jamoat fondi tomonidan viloyatda istiqomat qiluvchi imkoniyati cheklangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ko‘plab xayriya tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda.

“Ushbu xayrli ishlardan ko‘zlangan maqsad – aholiga “Vaqf” tushunchasini keng targ‘ib qilish va shu asnosidan kam ta'minlangan, yordamga muhtoj aholi qatlamiga yordam qo‘lini cho‘zmoqchi bo‘lgan saxovatpesha insonlarga to‘g‘ri yo‘l va ko‘rsatmalar ko‘rsatishdan iboratdir”, - deydi “Vaqf” xayriya jamoat fondi Samarqand viloyat filiali rahabarining o‘rinbosari A.Sultonov

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi


Kiritilgan vaqti: 23/05/2019 00:00;   Ko‘rilganligi: 1543
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/events/vaqf-fondlarining-qoshma-tadbiri-otkazildi
Chop etilgan vaqti: 12/12/2024 08:38
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing