O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Tadbirlar

Ramazon-bu imkoniyatlar oyi

 
 

Inson qadri har narsadan ulug‘. Kishilarni ezgulik, har qachongidan ko‘ra ko‘proq savob ishlarni amalga oshirishga da'vat etuvchi muqaddas oyni munosib o‘tkazish maqsadida viloyat imom xatiblari joylarda turli xil xayriya tadbirlari o‘tkazib, ehtiyojmand insonlarga moddiy va ma'naviy yordamlar ko‘rsatib kelmoqda.

Samarqand shahrida joylashgan “Saxovat” keksalar va nogironlar uchun internat uyida ayni paytda 130 dan ziyod nafar vasiylikka olinganlar, yolg‘iz keksalar, nafaqaxo‘rlar va nogironligi bo‘lgan shaxslar istiqomat qilmoqda. Nuroniylarga yanada qulay shart-sharoit yaratib berish maqsadida qo‘shimcha binolar qurilib, foydalanishga topshirilmoqda.

Samarqand shahar “Xo‘ja Is'hoq Valiy” jome masjidi imom xatibi Yo.Mansurov “Vaqf” xayriya jamoat fondi viloyat filiali va homiylar ko‘magida ushbu maskanda istiqomat qilayotgan nuroniylar uchun televizor sovg‘a qildilar.

Ramazon oyi – bu bizning xozirgi holatimizni o‘zgartirishga, amaldagi savob ishlarimizni ko‘paytirishga, yomon hatti-harakatlarni qilishdan cheklanishga, o‘z iymonini kuchaytirishga, Allohga yaqin bo‘lishga yana bir imkoniyatdir. Ramazon – bu imkoniyatlar oyi.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi


Kiritilgan vaqti: 22/05/2019 00:00;   Ko‘rilganligi: 1239
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/events/ramazon-bu-imkoniyatlar-oyi
Chop etilgan vaqti: 29/03/2024 15:29
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing