O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Tadbirlar

Qabristonlarda hashar bo‘lmoqda

 
 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov boshchiligida shu yilning 13 fevral kuni Zomin tumanida viloyat bosh imom xatiblari hamda mas'ul vakillar ishtirokida sayyor yig‘ilish o‘tkazilgan edi. Yig‘ilishdan so‘ng qatnashchilarga Zomin tumanidagi qabristonga ziyorat uyushtirilib, u joydagi qabrlarning joylashish holati va ko‘rinishini namuna qilib olish tavsiya qilindi. Shundan kelib chiqib, viloyat vakili shahar va tuman bosh imom xatiblari bilan bir necha marta yig‘ilib, qabrlarni hashamatli qilmaslik, ustiga bino va tosh o‘rnatmaslik, aksincha qabr ustini somonli loy bilan suvoq qilib qo‘yish shari'atimiz va an'analarimizga mos ekanligini aniq dalil va misollar bilan xalq orasida va juma mav'izlarida tushuntirishga kelishib oldilar. Juma tezisiga ham shu mazmundagi ilova qo‘shimcha qilindi. Viloyat bosh imom xatibi Z.Eshonqulovning qabrlarni shari'atimiz talabalariga mos ravishda bo‘lishiga qaratilgan video murojaati tayyorlanib, shahar va tuman bosh imom xatiblariga taqdim qilindi hamda viloyat televideniyasi orqali namoish etildi. O‘MI Samarqand viloyati vakilligi tashabbusi bilan 2019 yil 2-3 mart kunlari viloyatdagi jami 1441 ta qabristondan 819 tasida hashar o‘tkazildi. Unda 27236 nafar fuqarolar ishtirok etdi. Hashar jarayonida ko‘chatlar o‘tqazilib, tozalash va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Jumladan: 2290 dona manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi. 13450 metr ariqlar tozalandi. 91,5 tonna chiqindilar olib tashlandi. 7900 tup daraxtlar oqlanib, ularga shakl berildi. 73 ta texnika jalb etildi. 560 ta qabrlar somonli suvoq qilindi. Homiylarni jalb qilgan holda 32 000 000 so‘m pul mablag‘i yo‘laklar ta'miri, manzarali ko‘chatlar ekish kabi ishlarga sarf qilindi.

Targ‘ibot va hashar ishlari yana davom ettiriladi.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 06/03/2019 00:00;   Ko‘rilganligi: 1969
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/events/qabristonlarda-hashar-bolmoqda
Chop etilgan vaqti: 26/04/2024 10:54
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing