O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Tadbirlar

O‘quvchi yoshlar bilan hayotning bebaho ne'mat ekanligi haqida so‘hbat bo‘lib o‘tdi

 
 

Hayotning o‘ziga xos past-baland, egri, murakkab yo‘llari ham bor, ya'ni inson hayoti davomida turli qiyinchilik, mashaqqat va sinovlarga duch kelishi mumkin. Ba'zan imon-e'tiqodi sust yurtdoshlarimiz bunday  musibatlardan qutulishning yo‘li deb, o‘z shirin jonlariga qasd qilib qo‘yadilar. Ta'kidlash kerakki, bunday mudhish ishga qo‘l urish musibatdan qutulishning nafaqat noto‘g‘ri yo‘li, balki o‘zini undanda kattaroq musibatga mubtalo qilish demakdir.

Pastdarg‘om tumanidagi “Beshnayman” jome masjidi imom xatibi Rasulov A'zamxon tumandagi 72-maktabda bo‘lib, o‘quvchi yoshlar bilan ana shu salbiy illat haqida suhbatlashdi. Imom xatib o‘quvchi yoshlarga Muqaddas dinimiz ta'limotida insonning o‘z joniga qasd qilishi qattiq qoralanishi haqida gapirib, o‘z joniga qasd qilish Allohning bergan ne'matlariga, chunonchi berilgan umrga, hayotga noshukurlik hamda Yaratganning belgilab qo‘ygan taqdiriga isyon ekanligi, shu bilan bir qatorda bu ishga qo‘l urgan odam qarindosh-urug‘larini, ota-onasini og‘ir kulfatga solib qo‘ishi, bolalarining yetim bo‘lib qolishi, oilaning parokanda bo‘lib ketishiga sababchi bo‘lib qolishi, qilgan gunohlariga tavba qilish imkonidan va jannatdan abadiy mahrum bo‘lib qolishini aytdi. Bu haqdagi muqaddas manbalarimizdan misollar keltirgan A.Rasulov Jundub ibn Sufyon roziyallohu anhuning Rasululloh sollalohu alayhi vasallamdan rivoyat qilgan ushbu hadislarini eslab o‘tdi: “Sizlardan oldingi ummatdan bo‘lgan bir kishining badaniga toshma toshgan edi. Toshma unga ozor beravergach kamon o‘qini qinidan olib, yarani tirnay boshladi. Undan chiqqan qon to‘xtamay oqibatda u kishi o‘ldi. Shunda Alloh taolo: “Bandam shoshib o‘zini o‘ldirdi. Shuning uchun jannatni unga harom qildim”, dedi (Imom Buxroiy rivoyati).

Har qanday qiyinchilikni inson degan nomga munosib sabr-toqat va aql bilan hal qilsa bo‘ladi. Ammo sabrsizlik, noshukurlikning oqibati yaxshi bo‘lmaydi.

 

 

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi


Kiritilgan vaqti: 10/09/2019 14:56;   Ko‘rilganligi: 1650
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/events/oquvchi-yoshlarga-oz-joniga-qasd-qilishning-oqibatlari-haqida-sozlab-berildi
Chop etilgan vaqti: 14/10/2024 13:05
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing