O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Tadbirlar

Amallarning yaxshisi...

 
 

Kattaqo‘rg‘on shahrida hozirgi kunda beshta jome masjid faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularda xizmat qilayotgan imom xatib va boshqa xodimlar aholi turmush tarzini o‘rganish, ehtiyojmandlarga yordam ko‘rsatish, bemorlar holidan xabar olish kabi xayrli ishlarda ham faol ishtirok etib kelmoqda. Kattaqo‘rg‘on shahar bosh imom xatibi Xayrullo Do‘smurodov boshchiligida imom xatiblar “Vaqf” xayriya jamoat fondining Samarqand viloyat filiali hamda boshqa saxiy kishilar ko‘magi bilan Muborak ramazon oyida qator xayrli ishlarni amalga oshirdi. 25 dan oshiq xonadonga tashrif buyurildi. Ular orasida bemorlar, keksalar, boquvchisini yo‘qotgan va nogironlar mavjud. Ularning har biriga xayr-ehson qilindi. Ehtiyojmandlarga ko‘rsatilgan moddiy yordamlar olti million so‘mdan oshdi. “Bu kabi ishlar davomli bo‘ladi, zero Rasululloh sollallohu alayhi vasallam muborak hadislarida: “Amallarning yaxshisi, garchi oz bo‘lsa ham, davomlisidir” (Buxoriy, Muslim rivoyati), – deganlar” deydi shahar bosh imom xatibi X.Do‘smurodov.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi


Kiritilgan vaqti: 20/05/2019 00:00;   Ko‘rilganligi: 1509
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/events/amallarning-yaxshisi
Chop etilgan vaqti: 09/10/2024 03:26
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing