BUGUN, 11 MART KUNI IMOM-XATIBLARIMIZ JUMA NAMOZINI O‘QIB BERISHLIK UCHUN MASJIDLARGA TASHRIF BUYURADILAR
Bugun, 11 MART kuni viloyatimizning bir guruh imom-xatiblari Payariq, Tayloq, Oqdaryo tumanlari va Kattaqo‘rg‘on shahridagi masjidlarga tashrif buyurib Juma namozini jamoat bilan birga ado etib, mo‘min-musulmonlarga "GUNOHDAN TAVBA QILGAN KISHI – GUNOHI YO‘Q KISHI KABIDIR!" mavzusida ma'rifiy suhbatlar qilib beradilar.
Juma namozidan avval fayzli mav'iza va go‘zal qiroatlar bo‘ladi. Mo‘min-musulmonlarimizni mana shunday chiroyli suhbatlarga taklif etamiz.
Quyida imom-xatiblar va namozga boradigan masjidlari ro‘yxati bilan tanishishingiz mumkin:
Payariq tumaniga
“Islom Nuri” masjidiga:
Juma namoziga Zayniddin domla Eshonqulov;
Tayloq tumaniga
“Tayloq ota” masjidiga:
Juma namoziga Abduhalim domla Muhiddinov;
“Yastepa” masjidiga:
Juma namoziga Bekmurod domla Ismoilov;
Oqdaryo tumani
“Loyish” masjidiga:
Juma namoziga Nasrullo domla Islamov;
Kattaqo‘rg‘on shahar
“Muhammad Naqibbek” masjidiga:
Juma namoziga Xayrullo domla Do‘smurodov;
“Qori Muhammadrasul” masjidiga:
Juma namoziga Nurbek domla Mamasoliyev;
Alloh taolo ulamolarimizning suhbatlarini manfaatli va davomli qilsin!
Tashriflar va ma'rifiy suhbatlarni sayt hamda ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyat vakilligi Matbuot xizmati
Kiritilgan vaqti: 11/03/2022 08:44; Ko‘rilganligi: 505
Chop etilgan vaqti: 04/05/2024 20:00