O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

E'lonlar

BUGUN, 11 MART KUNI IMOM-XATIBLARIMIZ JUMA NAMOZINI O‘QIB BERISHLIK UCHUN MASJIDLARGA TASHRIF BUYURADILAR

 
 

Bugun, 11 MART kuni viloyatimizning bir guruh imom-xatiblari Payariq, Tayloq, Oqdaryo tumanlari va Kattaqo‘rg‘on shahridagi masjidlarga tashrif buyurib Juma namozini jamoat bilan birga ado etib, mo‘min-musulmonlarga "GUNOHDAN TAVBA QILGAN KISHI – GUNOHI YO‘Q KISHI KABIDIR!" mavzusida ma'rifiy suhbatlar qilib beradilar.

Juma namozidan avval fayzli mav'iza va go‘zal qiroatlar bo‘ladi. Mo‘min-musulmonlarimizni mana shunday chiroyli suhbatlarga taklif etamiz.

Quyida imom-xatiblar va namozga boradigan masjidlari ro‘yxati bilan tanishishingiz mumkin:

Payariq tumaniga

 “Islom Nuri” masjidiga:
 Juma namoziga Zayniddin domla Eshonqulov;

Tayloq tumaniga

 “Tayloq ota” masjidiga:
 Juma namoziga Abduhalim domla Muhiddinov;
 “Yastepa” masjidiga:
 Juma namoziga Bekmurod domla Ismoilov;

Oqdaryo tumani

 “Loyish” masjidiga:
 Juma namoziga Nasrullo domla Islamov;

Kattaqo‘rg‘on shahar

 “Muhammad Naqibbek” masjidiga:
 Juma namoziga Xayrullo domla Do‘smurodov;
 “Qori Muhammadrasul” masjidiga:
 Juma namoziga Nurbek domla Mamasoliyev;

 Alloh taolo ulamolarimizning suhbatlarini manfaatli va davomli qilsin!

Tashriflar va ma'rifiy suhbatlarni sayt hamda ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyat vakilligi Matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 11/03/2022 08:44;   Ko‘rilganligi: 496
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/announcements/bugun-11-mart-kuni-imom-xatiblarimiz-juma-namozini-oqib-berishlik-uchun-masjidlarga-tashrif-buyuradilar
Chop etilgan vaqti: 25/04/2024 09:14
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing