Axborot xizmati

Qirg‘iziston Prezidenti Umra ziyoratini ado etdi

Qirg‘iziston Respublikasi prezidenti Sooronboy Jeenbekov va qirg‘izistonlik bir guruh ma'muriyat vakillari Umra ziyoratini bajarishdi. Bu haqda saudi-arabia.ru nashri xabar berdi.

 

Urgut tumanida aholi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Urgut tuman 31-son musiqa maktabida 200 kishidan iborat aholi ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Tumanning huquq-tartibot tashkilotlari rahbarlari qatnashgan ushbu yig‘ilishda sinov muddatida bo‘lgan shaxslarni qayta jinoyat qilmaslik yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi. Unda tuman bosh imom xatibi Shodi domla Haqberdiyev hayotda shukronalik bilan yashash, farzandlar tarbiyasiga e'tibor berish masalalarida oyat va hadislar bilan misol keltirib, tegishli maslahatlarni berdi.

 

SamDU talabalari Prezident bilan Yaponiyada uchrashdi

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Yaponiyaga rasmiy tashrifi doirasida o‘zbekistonlik talaba-yoshlar bilan uchrashdi.

E'tirofli jihati, Nagoya universitetida tahsil olayotgan 30 nafar iste'dodli hamyurtlarimiz orasida Samarqand davlat universitetidan o‘qishga yuborilgan ikki nafar talaba ham bor.

Yaponiyada o‘qishini davom ettirayotgan samarqandlik talabalarning Sh.Mirziyoev bilan uchrashuvi taassurotlari haqida so‘radik.

 

Asrimiz vabosidan xalqimiz va kelajak avlodni asraylik

O‘quvchi yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklar sodir bo‘lishi, giyohvandlik, ichkilikbozlikka berilish, diniy aqidaparastlik va turli zararli, buzg‘inchi oqimlar ta'siriga tushib qolishini oldini olish bo‘yicha imom-xatiblar maktab va boshqa ta'lim muassasalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Yoshlar bilan bu kabi salbiy illatlarning oqibati, dunyo va oxiratdagi zararlari borasida suhbatlar uzviy ravishda o‘tkazilmoqda. Samarqand tuman bosh imom-xatibi Bahodir domla Sharipov tumandagi 32-sonli umumiy o‘rta maktab o‘quvchilari bilan uchrashib “O‘z joniga suiqasd qilishning oqibati nima?”, “Giyohvandlik va OITS – umr zavoli” mavzularida suhbatlashdi. Unda maktabning yuqori sinf o‘quvchilari, ustozlar va mahalla faollari qatnashdi.

 

Diniy idora raisiga birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Bugun, 17 dekabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi Oliy hay'atining navbatdagi kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Oliy hay'at a'zolari, Diniy idora rahbariyati, bo‘lim boshliqlari, taniqli imom-xatiblar ishtirok etdi.

 

Tarbiyaga mas'uliyat bilan yondashaylik

Urgut tumanidagi 85-maktabning boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilan Urgut tuman “Bog‘ishamol” jome masjidi imom noibi Latipov Mahmud uchrashib, ular bilan suhbatlashdi. Endigina ilm saboqlarini olayotgan bolalarda ilmga nisbatan muhabbat tuyg‘usini shakllantirish borasida hamda odob va axloqning inson ziynat ekanligi, ota-ona, ustozlarni hurmat qilish, ularga itoat etish haqida tushunchalar berildi.

 

Guruh rahbarlari bilan mashg‘ulot o‘tkazildi

Diniy-ma'rifiy jabhada amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida mo‘min-musulmonlar Haj va Umra ibodatlarini ado etib kelmoqda. Fuqarolarimizning muqaddas ziyoratni ado etishi uchun Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan Umra safariga boruvchi ziyoratchilarning sonini belgilash bo‘yicha cheklovlar olib tashlangani fuqarolarimizni yanada quvontirdi.

 

“...Mening bu masjidimda o‘qilgan bir rakat namoz mingta namozdir”

Masjidi Nabaviyning fazilati juda ulug‘dir, uning zikri va sharafi Qur'oni karim va sunnati nabaviyada keltirilgan:

...لَمَسْجِدٌ أُسِّسَ عَلَى التَّقْوَى مِنْ أَوَّلِ يَوْمٍ أَحَقُّ أَنْ تَقُومَ فِيهِ فِيهِ رِجَالٌ يُحِبُّونَ أَنْ يَتَطَهَّرُوا وَاللَّهُ يُحِبُّ الْمُطَّهِّرِينَ

 “...Birinchi kundan taqvoga asoslangan masjid esa, unda turishingizga loyiqroqdir. Unda poklanishni xush ko‘radigan kishilar bor. Alloh esa poklanuvchilarni sevar” (Tavba surasi, 108-oyat).

 

Ommaviy madaniyat va boshqa zararli illatlar haqida aholiga tushunchalar berildi

Kattaqo‘g‘on shahar Go‘zalkent,  Oqoltin mahalla aholisi bilan 14-maktab yig‘ilishlar zalida Ommoviy madanyat, o‘z joniga qasd qilishni oldini olish hamda Giyohvandlikning salbiy oqibatlari to‘g‘risida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda Kattaqo‘rg‘on shahar bosh imom-xatibi Xayrulla Do‘stmurodov, hokimlikning hotin-qizlar bo‘yicha qo‘mitasi, shahar IIB xodimlari hamda maktab ma'muriyati ishtirok etdi.

Tadbirda so‘zga chiqqan X.Do‘stmurodov bugungi kunda hech bir xalqning milliy va ma'naviy an'anasi, odatlariga to‘g‘ri kelmaydigan turli “urf-odatlar” ko‘payib borayotgani, ko‘pchilik, xususan ayrim yoshlar uning ta'siriga tushib, bu narsa esa yoshlarimizning yurish-turishida, kiyinishida, o‘zini tutishi-yu boshqalar bilan bo‘ladigan suhbatlarida ko‘zga tashlanayotgani, bunday yot g‘oyalar esa bizning milliy qadriyatlarimiz va an'analarimizga aslo to‘g‘ri kelmasligi, bu kabi turli nayrang va xatarlardan ogoh, sergak va hushyor bo‘lish lozimligini aytib o‘tdi.

Shuningdek, imom-xatib X.Do‘stmurodov o‘z joniga qasd qilish, giyohvandlik va ichkilikbozlik kabi illatlarning salbiy oqibatlari haqida aniq dalillar asosida yg‘ilganlarga tushunchalar berdi.

 

Ta'ziya bildiramiz

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyat vakilligi jamoasi, imom-xatiblar Muftiy Usmonxon Alimov hazratlariga ukasi Sultonxon Olimovning vafoti munosabati bilan chuqur ta'ziya izhor etadi.

Alloh taolo oxirat safariga kuzatilayotgan marhumning chekkan zahmatlari, tortgan dardlarini gunohlariga kafforat qilib, barcha solih amallarini o‘zlariga hamroh aylab, O‘z mag‘firatiga olsin.

Haq taolo marhumning ahli-ayoli, farzandu arjumandlariga chiroyli sabr berib, bu musibatlarga ajru mukofotlar ato etsin.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyat vakilligi jamoasi, ulamolar, imom-xatiblar nomidan muftiy hazratlariga va marhumning yaqinlariga hamdardlik bildiramiz.

Janoza namozi ertaga, Juma kuni soat o‘n birda Samarqand viloyati Ishtixon tumani Orlot qishlog‘idagi “Orlot” jome  masjidida  o‘qiladi.

Innaa lillaahi va innaa ilayhi roji'uun.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyat vakilligi

 

“Eng ma'rifatli imom” tanlovi bo‘lib o‘tmoqda

Har yili O‘zbekiston musulmonlari idorasi imom-xatiblar, imom noiblar ishitrokida kuchli ilmiy salohiyatga ega, yuqori kasbiy mahorat sohibi bo‘lgan, tashabbuskor, ilg‘or fikrli, ishbilarmon, zamon axborot texnologiyalaridan yetarlicha foydalana oladigan va keng xalq ommasiga o‘z fikrini yetkazish qobiliyatiga ega bo‘lgan eng iqtidorli, faol imom xatiblarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlash, o‘z yo‘nalishi bo‘yicha rag‘batlantirish maqsadida “Eng ma'rifatli imom” tanlovi o‘tkazib kelinadi. Bugun, 12 dekabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasida ushbu tanlovning Respublika bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Samarqand viloyatidan Tayloq tumani “Juma bozor” jome masjidi imom-xatibi Abulsaidov Samariddin domla ishtirok etmoqda.

 

Navbatdagi tadbir tashrif Imom Buxoriy majmuasi va Hadis ilmi oliy maktabiga bo‘ldi

Muqaddas islom dini rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan, hadis ilmining sultoni, buyuk vatandoshimiz Imom Buxoriyning ulkan merosini ilmiy asosda o‘rganish, xalqimiz va jahon jamoatchiligiga targ‘ib etish, azaliy milliy qadriyatlarimizni saqlash va ulug‘lash asosida yosh avlodning ruhiy va ma'naviy olamini boyitish, imon-e'tiqodini mustahkamlash, ularning qalbida Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘ularini yanada kuchaytirish maqsadida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi tashkil etilgan va Hadis ilmi maktabi tashkil etilib, bugungi kunda bu maskanlar faoliyat yuritib kelmoqda.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Abdug‘ofur Ahmedovlar Imom Buxoriy majmuasida bo‘lib, dastlab muhaddislar sultoni Imom Buxoriyning ravzalarini ziyorat qildilar.

 

Muftiy hazratlarining Samarqand viloyati bo‘ylab safarlari davom etmoqda

O‘zbekiston muslmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari va Din ishlar bo‘yicha qo‘mita raisi Abdug‘ofur Ahmedovning Samarqand viloyati bo‘ylab safarlari davom etmoqda. Bugun, 12 dekabr kuni “Mehr” insonparvarlik operatsiyasi bilan ona Vataniga qaytarilgan, hozirgi kunda Toyloq tumani “Chorog‘bon” mahallasida yashayotgan bolalar holidan xabar olindi.

Aziza va uning o‘g‘li Abdurahim “Mehr 1” tadbiri bilan, ukalari Sabina, Ahmad va Isobek esa “Mehr 2” insonparvarlik operatsiyasi bilan O‘zbekistonga qaytarilgan edi. Ota-onalarining noto‘g‘ri bosgan qadami tufayli o‘zga, notinch yurtlarda sargardon bo‘lib yurgan bolalar bugun tabarruk ona zaminimizda baxtiyor kun kechirmoqda.

 

Muftiy hazratlari Samarqand viloyati imom-xatiblari bilan uchrashdilar

Oldin xabar berganimizdek, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Abdug‘ofur Ahmedovning Samarqand viloyati bo‘ylab safarlari boshlangan edi. Samarqand shahridagi “Yoshlar ittifoqi” majlislar katta zalida viloyatda faoliyat olib borayotgan barcha imom-xatib, imom noiblar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda diniy soha vakillari tomonidan olib borilayotgan ishlar tahlil qilinib, yo‘l qo‘yilgan kamchilik va mavjud muammolar muhokama qilindi hamda ularning yechimi bo‘yicha aniq takliflar berildi. Shuningdek, bugungi kunda imom-xatiblar oldida turgan muhim vazifalar va jaholatga qarshi ma'rifat bilan kurashda ularning tutgan o‘rni kabi masalalarga alohida e'tibor qaratildi. Shuningdek, hozirgi islohotlarning yangi bosqichida diniy-ma'rifiy yo‘nalishdagi ishlarni jadallashtirish, jaholatga qarshi ma'rifat bilan kurashish, olib borilayotgan islohotlarning mazmun mohiyati,  bugungi tinch va osoyishta kunlarning qadriga yetish va shukronalik hissi bilan yashash, sof Islom ta'limotini keng targ‘ib qilish ishlarida faollikni oshirish bo‘yicha to‘xtalib o‘tildi.

Yig‘ilish yakunida “Vaqf” xayriya jamg‘armasi tomonidan barcha imom-xatiblarga Qur'oni karim kitobi tarqatildi.

Samarqand viloyati safari davom etmoqda.

 

Xushxabar: Diniy savollarga javob beruvchi Koll-markaz ish boshladi

Muhtaram yurtdoshlarimizning diniy savollariga javob berish maqsadida, O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan ibodatga doir shar'iy masalalarga telefon orqali javob berish tizimi yo‘lga qo‘yildi. Endilikda mo‘min-musulmonlarimiz bu boradagi o‘z savollariga ushbu koll-markaz orqali javob olishlari mumkin.
Koll-markazning ish tartibi dushanba kunidan shanba kunigacha, soat 9:00 dan 17:00 gacha davom etadi (ibodat vaqtlari istisno qilinadi, dam olish kuni yakshanba). Ushbu 78-150-33-44 telefon raqamlari orqali koll-markazga qo‘ng‘iroq qilinadi va fatvo bo‘yicha malakali mutaxassislardan javob olinadi.
Darhaqiqat, Islom ilm-ma'rifat dinidir. Inson o‘zi bilmagan narsasini so‘rab o‘rganishi kerak. Zero, Alloh taolo Qur'oni karimda: “Agar bilmaydigan bo‘lsangiz, zikr ahllaridan so‘rangiz!”, deb buyurgan (Nahl, 43).
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: “Bilimsizlikning davosi savoldir”, – deya bayon qilganlar (Imom Abu Dovud rivoyati).
Mashhur tobein Muhammad ibn Siyrin rahimahulloh esa shunday deganlar: "Shar'iy ilm din demakdir. Diningizni kimdan olayotganingizga e'tibor qarating!".
Alloh taolo ushbu loyihani barchamizga muborak aylasin.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

 
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing