O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Tarbiyaga mas'uliyat bilan yondashaylik

 
 

Urgut tumanidagi 85-maktabning boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilan Urgut tuman “Bog‘ishamol” jome masjidi imom noibi Latipov Mahmud uchrashib, ular bilan suhbatlashdi. Endigina ilm saboqlarini olayotgan bolalarda ilmga nisbatan muhabbat tuyg‘usini shakllantirish borasida hamda odob va axloqning inson ziynat ekanligi, ota-ona, ustozlarni hurmat qilish, ularga itoat etish haqida tushunchalar berildi.

Suhbat davomida bayramlar munosabati bilan pirotexnika vositalarini sotib olmaslik, ulardan foydalanmaslik, qishki ta'til kunlari vaqtlarini mazmunli o‘tkazishga chaqirdi. Shu bilan birga o‘quvchilarning yozish va o‘qish qobiliyatlari bilan tanishib, o‘z nasihatlarini berdi.

Shaxs ongining shakllanishida, albatta, maktab, mahalla, diniy ulamolar, keng jamoatchilik muhim rol o‘ynaydi. Shunday ekan yosh avlodning tarbiyasiga mas'ul ota-ona, mahalla ahli, imom-xatiblar, pedagog murabbiylar tarbiyaga mas'uliyat bilan yondashmog‘i zarur.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi


Kiritilgan vaqti: 17/12/2019 14:02;   Ko‘rilganligi: 1389
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/tarbiyaga-masuliyat-bilan-yondashaylik
Chop etilgan vaqti: 26/03/2025 17:23
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing