O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Maqolalar

ZAMONAVIY URUSH HIYLALARI

 
 

Urush hiyladan, makrdan iboratdir” deb xabar berganlar Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam.

         Azizlar, avvalam bor urush to‘g‘risida so‘zlaydigan bo‘lsak, hozirgi zamonda urushlar turli xil bo‘lib, ular “gibrid” urushlar deyilmoqda va hammasida ham hiyla, makr, yolg‘on va g‘arazli maqsadlar bor. O‘ziga manfaatu, o‘zga xalqga zararu zulm bor.        

  1. Harbiy urushlar: Biror bir yolg‘on xabar va hodisani sabab qilib ko‘rsatib, qurol yaroq vositasi bilan bo‘ladigan xunrezliklar va buning oqibatida ko‘p begunoh insonlar urush qurboni bo‘lib, shaharlar vayron, odamlar o‘zlari tug‘ilib o‘sgan vatanlaridan mahrum bo‘lib qochqin bo‘lishadi.

      2. Iqtisodiy urushlar:         Ma'lum bir davlatni biror bir hiyla sababni ko‘rsatgan holda g‘irromlik bilan iqtisodiyotini izdan chiqarish, u davlatda yashaydigan fuqarolarni ahvolini, turmush sharoitini tang holga keltirib xalqning noroziligini keltirib chiqarish va o‘z maqsadlariga yetishish.

         3.Axborot urushi:       Radio, televideniya va ijtimoiy tarmoqlar, internet vositasi orqali foydalanib yolg‘on xabar tarqatish, kamchilik qidirib topib bo‘rttirish, obro‘li mansabdor shaxslarni yolg‘on hiyla ishlatib obro‘sini to‘kish, shu bilan bir qatorda o‘zini xalqni o‘ylaydigan qilib ko‘rsatib, odamlarni ko‘ngliga g‘ulg‘ula solish oqibatida maqsadlariga erishish.

         4.Mafkuraviy urushlar: Yod g‘oyalar va yod diniy ta'limotlarni makr hiyla bilan chiroyli qilib ko‘rsatish va ota-bobolardan meros bo‘lib kelayotgan sof diniy qadriyatlar va urf odatlardan voz kechishga targ‘ib qilib, ongi shakllanmagan yoshlar yoki e'tiqodi zaif odamlarni o‘z tomoniga og‘dirib keyin siyosiy tus berish hiylalari bilan maqsadga erishish.

         Azizlar, Payg‘ambarimiz alayhissalomning so‘zlari ikkita so‘zdan iborat (Urush hiyladan, makrdan iboratdir). Bu so‘zlarning15 asr vaqt o‘tsa hamki    mohiyati o‘ta zamonaviydir va bu hiylayu makrdan hozirgi  zamonda hammamiz    xabardor bo‘lsak, ko‘p noxushliklarni oldini olgan bo‘lamiz.

Mamatqulov Akmal Samarqand shahar "Ruhabod" jome masjidi imom xatibi


Kiritilgan vaqti: 08/01/2020 17:48;   Ko‘rilganligi: 1150
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/zamonaviy-urush-hiylalari
Chop etilgan vaqti: 18/05/2024 13:13
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing