O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Maqolalar

Yolg‘izlikda avratning ochilishi

 
 

Insonning bu ishdan uzoq bo‘lishi oliyjanoblikdir.Abul Xasan Al-Bushanjiy bu narsalarni; «Sizning farishtarlar bilan bo‘lgan munosabatingizda harom qilingan narsalar, Alloh bilan bo‘lgan munosabatda emas»- deb nomlaganlar. 

Lekin, siz muqarrab farishtalarni ko‘rmasangizda ular sizni ko‘rib turadilar. Siz o‘zingizning yurish turishingizda va tashqi ko‘rinishingizda ularga nisbatan odobli bo‘lishingiz lozim.

Misol uchun avratning ochilishi. Voqelikda inson odatda o‘z xonasida o‘tirgan holida uning oldida hech kim bo‘lmasa avratning ochilishi harom qilingan ish deyishga bizning kuchimiz yetmaydi. Chunki, bu nazar soluvchilar uchun harom qilingan.  

Lekin inson oliyjanob, mard bo‘lsa va u o‘zining ushbu oliyjanobligiga dars yetib qolmasligiga xaris bo‘lsa, xatto, u o‘zining xos o‘rinlarida ham odobli bo‘ladi. Garchi undagi bu odob Allohga nisbatan bo‘lmasada, u Allohga yaqin - muqarrab farishtalarga nisbatan bo‘lishi kerak.

Lekin biz aytamizki;

Bu farashtalarga nisbatan odobli bo‘lishni taqozo etadigan narsalardan bo‘lmasada, u birinchi navbatda Alloh subxanahu va taologa nisbatan odobli bo‘lishni taqozo etadigan ish xisoblanadi.  

Shuning uchun ulamolardan ayrimlari voqelikda garchi u bilan hech kim bo‘lmasa ham uning kiyimlari ochilib avrati ko‘rinib yurishiga e'tibor bermasligini yomon ko‘rganlar. Ya'ni bu ish ularda nafrat qo‘zg‘atgan. Magar zarurat holatlarda, masalan hojatga kirish zarurati tug‘ilgan vaqtda avrat ochilishiningzarari yo‘q. Ammo bundan boshqa o‘rinlarda, u o‘z ziynatlarini olishi, kiyimlarini kiyishi kerak.

Garchi bu yerda asosiy haromni mulohaza qilinmagan bo‘lsada ya'ni Alloh bu ishni bizga yengillik bo‘lishi uchun harom qilmagan bo‘lsada, bandaning Alloh azza va jallaga va Allohning farishtalariga nisbatan odob yuzasidan o‘z avratlarini berkitib yurishini taqozo etadi. Ya'ni odob shuni talab qiladi.

Bandaning barcha harakatlarida qalbini va javorih a'zolarini Mavlosi va Uning xalqlari yoqtirmaydigan ishlardan muhofaza qilishi chinakam oliyjanoblikdir.

Mahmudov Zafar - Samarqand shahar “Xo‘ja abdu Darun” jome masjidi imom-xatibi  (manbalar asosida)


Kiritilgan vaqti: 19/02/2020 15:20;   Ko‘rilganligi: 835
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/yolgizlikda-avratning-ochilishi
Chop etilgan vaqti: 06/10/2024 18:10
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing