Yo R A S U L!
Yo rasul, tangrimga bo‘libsan suyuk,
Hidoyat yo‘lingdir, iymon mayog‘ing.
Insonga nechog‘lik rahmatdir buyuk,
Sening yoqqan nuring, sening chirog‘ing.
Kunlar yiroqlashib zamondan zamon.
Sog‘ingan ko‘ngillar talpinar hamon.
Qanchalik azizdir shunchalik armon,
Sen pok vujuding, sening dudog‘ing.
Yo rasul, ummatlar sonicha salom,
Vasfingda ojizdir bu g‘arib kalom.
Iymonli dillarni o‘rtaydi mudom,
Sening sog‘inchlaring, sening firog‘ing.
Yo robbim, rahm qil ojiz ummatga
Maqomi mahmudni ber Muhammadga
Rahm qil, mushkuldir olsang shiddatga
Sening hisoblaring, sening so‘rog‘ing
Kiritilgan vaqti: 18/11/2018 00:00; Ko‘rilganligi: 1594
Chop etilgan vaqti: 15/12/2024 04:04