O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Maqolalar

Xotirani o‘ldiradigan omillar

 
 

* Sichqon tekkan narsani iste’mol qilish;

* boshdagi bitni o‘ldirmasdan olib tashlash;

* gunoh ishga ruju qo‘yish (berilish);

* dunyo uchun qayg‘urish, g‘am-anduh chekish;

* qattiq sarosima va qo‘rquv;

* nordon, sho‘r va achchiq narsani tanovvul qilish;

* yaxshi pishmagan nonni yeyish;

* qozonda turgan taomni boshqa idishga suzmasdan yeyish;

* mazah va masxarani ko‘paytirish;

* qabristonda ovoz chiqarib kulish;

* qabr toshidagi yozuvlarni o‘qish;

* hojatxona ichida tahorat olish;

* junub bo‘lgach, yuvinmasdan yurish;

* uyni tunda supurish;

* qo‘l va yuzni kiyimga artish;

* masjidga chap oyoq bilan kirib, o‘ng oyoq bilan chiqish;

* hojatxonaga o‘ng oyoq bilan kirib, chap oyoq bilan chiqish;

* hojatxonada kitob o‘qish;

* hojat vaqtida gaplashish;

* zaruratsiz holda avratiga qarash;

* kulga va suvga peshob qilish;

* yo‘l ustiga va soyalanadigan joylarga peshob qilish;

* singan oyna (ko‘zgu)ga qarash;

* singan piyola va kosadan foydalanish;

* tunda usti ochiq qolgan suvni iste’mol qilish;

* kechadan qolgan taomni yeyish;

* balg‘amni ko‘paytiradigan narsalarni yeyish;

* dorga osilgan kiyimga qarash va hokazolar.


Kiritilgan vaqti: 10/02/2018 00:00;   Ko‘rilganligi: 3007
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/xotirani-oldiradigan-omillar
Chop etilgan vaqti: 14/10/2024 17:42
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing