O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Maqolalar

VATANNI QO‘RIQLASH BIZNING BURCHIMIZ

 
 

Ogohmiz, hushyormiz doim, erta kech,

Vatanni qo‘riqlash bizning burchimiz.

Bir qadam orqaga chekinmaymiz hech

Vatanni qo‘riqlash bizning burchimiz.

Osmondan biz tomon yog‘ilsa toshlar,

Qo‘rqmaymiz hattoki yorilsa boshlar,

Chunki, biz xalqimiz ishongan yoshlar,

Vatanni qo‘riqlash bizning burchimiz.

Ona yurt tuprog‘in ko‘zimga suray,

Yelka tutib bir umr xizmatda turay,

Kundan kun yasharib ochaver chiroy,

Vatanni qo‘riqlash bizning burchimiz.

Turli xil millatu turli xalq yashar,

Maqsadi yo‘lida dovonlar oshar,

Bu elga bayramu to‘ylar yarashar,

Vatanni qo‘riqlash bizning burchimiz.

Gar tinchlik buzilsa kelar qahrimiz,

Gullasin, yashnasin ona shahrimiz,

Askarmiz, yurtimiz ishonch faxrimiz,

Vatanni qo‘riqlash bizning burchimiz.


Kiritilgan vaqti: 10/01/2017 00:00;   Ko‘rilganligi: 2515
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/vatanni-qoriqlash-bizning-burchimiz
Chop etilgan vaqti: 13/06/2021 05:53
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing