O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Maqolalar

TINCHLIK QADRI

 
 

Vatanda har bitta yaproq azizdir,

Kindik qon to‘kilgan tuproq azizdir.

Makk-yu, Madina tabarruk zamin,

Ona yurt men uchun ko‘proq azizdir.

Shukr deb dilni shod etib yashaylik,

Tinchlikning qadriga yetib yashaylik.

Ajdodlar o‘tdilar yaxshi niyatda,

Ularning orzusi bizning hayotda.

To‘qlikka sho‘xliklar qilmoqlik gunoh,

O‘tmishni unitmay saqlaylik yodda.

Ma’naviy boylikka qaytib yashaylik,

Tinchlikning qadriga yetib yashaylik.

Qishlog‘u shaharning dasturxoni bir,

Taraqqiy etganning samarasidir.

Tadbirkor o‘zbekka dunyo lol qolib,

Tasanno degani aslo emas sir.

Qishlog‘u shaharga ketib yashaylik,

Tinchlikning qadriga yetib yashaylik.

Ko‘p joyda urush-u qirg‘in bo‘lmoqda,

Yosh o‘g‘il-qizlar ham bevaqt o‘lmoqda.

Tinch edi ular ham shukr qilmadi,

Daryodan voz kechib qoldi ko‘lmakda.

Shukrona arqonin tutib yashaylik,

Tinchlikning qadriga yetib yashaylik.

Ey do‘stim g‘iybatu bo‘xtonlarni qo‘y,

Farzandlar baxtidan qilishaylik o‘y.

Ularning kamolin, iqbolin ko‘rsak,

Xursandu shodlikdan yarashadi to‘y,

O‘g‘il-qiz yutig‘in kutib yashaylik

Tinchlikning qadriga yetib yashaylik.

Boqoniy aytadi, kechmang imondan,

Ko‘p o‘qing, o‘rganing qolmang zamondan.

Kim edik kim bo‘ldik unitmang shuni,

Alloh ayirmasin O‘zbekistondan.

Xamdu sanolarni aytib yashaylik,

Tinchlikning qadriga yetib yashaylik.


Kiritilgan vaqti: 02/05/2016 00:00;   Ko‘rilganligi: 3644
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/tinchlik-qadri
Chop etilgan vaqti: 06/12/2024 12:22
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing