O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Жамият

YAQINLARINGIZA YAXSHILIK QILING

 
 

Umr oqar suvdek o‘tib boradi.Turmush tashvishlari bilan bo‘lib, bazida yaqin qarindoshlarimiz holidan vaqtida xabar olmaymiz. Qachonki boshimizga bir ish tushganda eng avvalo ota-onamiz, aka – ukalarimiz yoki yaqinlarimizni  eslab qolamiz. Ularning daldas-yu, maslahatlariga muhtojlik sezamiz.

Dinimizda qarindoshlar o‘rtasida mehr-oqibat, yaqinlarga yaxshilik qilish ulug‘lanadi, ular o‘rtasidagi bordi-keldini uzish qattiq qoralanadi.

Alloh taolo Quroni karimda bunday marhamat qiladi: Allohga ibodat qilinglar  va unga hech narsani sherik qilmanglar! Ota – onalarga esa yaxshilik qilinglar.Shuningdek qarindoshlar, yetimlar,miskinlar, qarindosh qo‘shni-yu, begona qo‘shni yoningizdagi  hamrohingiz   yo‘lovchi (musofir) ga va qo‘l ostingizdagi (qaram) larga ham yaxshilik qiling. Albatta Alloh kibrli va maqtonchoq kishilarni sevmaydi (Niso, 36).

Ushbu oyati karimada yaqinlarga yaxshilik qilish Alloh taologa ibodat qilish va U zotga hech narsani sherik qilmaslik bilan birga zikr qilinmoqda. Demak, oyatda takidlab aytilganidek, ota-onaga yaxshilik qilish, qarindosh-urug‘ bilan bordi-keldi qilish shariatning eng muhim ko‘rsatmalaridan ekan.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday deganlar: “Allohga shirk keltirmasdan, yolg‘iz o‘ziga ibodat qilish, namozni qoim qilish, zakot berish va qarindosh-urug‘lik aloqalarini uzmaslik bandani jannatga yaqin qiladi, jahannamdan uzoqlashtiradi” (Muttafaqun alayh).

         Alloh taolo bandalariga nihoyatda mehribonligidan  ular uchun jannatga kirish yo‘llarini kengaytirib qo‘ydi.  Aka – uka , opa – singil, amma-xola, amaki-tog‘a va ularning bolalari bilan yaqin munosabat o‘rnatish, qarindosh-urug‘ning  xursandchiligiga  sherik, musibatiga hamdard bo‘lish, muhtojga yordam berish, bemordan  xabar  olish  mo‘min kishini jannatga olib boradi.

         Muhtojlarga yordam qo‘lini cho‘zish, avvalo qarindoshlar zimmasidagi shartlardan biridir. Kimki ana o‘sha shartlardan birini unutsa, bu qilimishi uchun qiyomatda javob berishiga to‘g‘ri keladi.

 Chunki hadisi sharifda:

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: “Qarindoshlik aloqalarini uzuvchi odam hargiz jannatga kirmayi”.

 Asadulloh AZZAMOV - Bulung‘ur tumani “Erganakli” jome masjidi imom mxatibi 


Kiritilgan vaqti: 29/10/2019 13:29;   Ko‘rilganligi: 3310
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/society/yaqinlaringiza-yaxshilik-qiling
Chop etilgan vaqti: 03/05/2024 14:48
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing