O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Жамият

Qo‘shnichilik xaqlari

 
 

Alloh taolo bashariyatni ikki dunyo  yaxshiliklarga yetadigan, ularning xayotini tartibga solib turadigan juda go‘zal odob-axloqlarni berdi. Bu borada Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam juda chiroyli o‘rnak va namuna bo‘ldilar.

Oysha roziyaallohu anhodan rivoyat qilinadi. "Nabiy salloloxu alayhi vasallam: "Jabroil menga qo‘shni xaqida shu qadar ko‘p tavsiya berdiki uni merosga ham sherik qilarmikan deb o‘ylab qoldim" - dedilar".

Xaqiqatda butun olamlar robbisidan hamma Payg‘ambarlarga sharitni oliy maqomga yetkazgan farishta Jabroil alayhi salomni ham tavsiyalari shu edi. Halqimizda "Yon qo‘shni - jon qo‘shning" degan maqollar ham bejiz aytilmagan. Payg‘ambar alayhi salom Abu Shurayh Kalbiy rivoyat qilgan hadisda shunday deydi: "Kimki Allohga va ohirat kuniga iymon keltirsa, qo‘shnisini hurmat qilsin" (Muttafaqun alayh). Aslida har bir mo‘min kishi uchun mana shu hadis kifoyadir. Keyingi paytlarda qo‘ni-qo‘shnilar orasida kelib chiqayotgan muammolarni hammasi dini islomni qoidalarini Payg‘ambar alayhi salom hadislaridan bexabarligidandir.

Qo‘ni-qo‘shnichilikni o‘ziga hos muomilasini, o‘ziga xos jihati shundaki, jamiyatda hech bir kishi qo‘shnichilik masalasidan holi emas. Atrofga nazar soladigan bo‘lsak, har bir shaxs qo‘shnichilik xaqlarini bilishligi matlubdir.

Qayerda qo‘shnichilik xaqlari unitilgan bo‘lsa, o‘sha yerda parokandalik, kelishmovchilik va salbiy holatlar avj olgan. Yana Abu Shurayh roziallohu anxudan rivoyat qilinadi. "Nabiy alayhi salom: "Allohga qasamki mo‘min bo‘lmaydi!", "Allohga qasamki mo‘min bo‘lmaydi!", "Allohga qasamki mo‘min bo‘lmaydi!" dedilar. "Kim Yo Rasullulloh" - deyildi.  "Yomonligidan qo‘shnisi emin bo‘lmagan odam" dedilar. Boshqa bir hadisda "Yomonligidan qo‘shnisi omonda bo‘lmagan odam jannatga kirmaydi" - deyilgan.

Alloh taolo marhamat qildi. "Ota-onangga, qarindoshlaringga, yetimlarga, miskinlarga, yaqin qo‘shnilarga, yon qo‘shnilarga, yonboshdagi sohiblarga, ko‘chada qolganlarga va qo‘lingizda mulk bo‘lganlarga yaxshilik qiling" (Niso surasi 36-oyat).

Ha azizlar, Alloh rost so‘zlaydi. Bandalar uchun nima manfaatli bo‘lsa hammasi tamomila yetkazildi. Nima zarar bo‘lsa ular ham tushuntirildi. Kimda kim mo‘min bo‘lay desa, ikki  dunyo saodatini qo‘lga kiritay desa qo‘ni-qo‘shnilarga yaxshiliklarini ko‘paytirsin. Qo‘shnilarga zarar yetkazib qo‘yishdan extiyot bo‘laylik.

Nurullo Yuldoshev - Jomboy tuman "Islom Nuri" jome' masjidi imom-xatibi


Kiritilgan vaqti: 01/07/2020 14:03;   Ko‘rilganligi: 1686
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/society/qoshnichilik-xaqlari
Chop etilgan vaqti: 28/03/2024 20:21
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing