O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Жамият

Qabrlarni ziyorat qiling, u oxiratni eslatadi.

 
 

Modomiki islom qabr masalasini chetda qoldirmas ekan uning ziyorat mavzusini ham qoldirmaydi. Chunki u insonni oxirat ishlariga e'tiborli bo‘lishga, qalbi yumshab ko‘zidan shashqotor yoshlar oqishga, o‘tgan ishlarga nazar tashlashga undaydi. Alloh taolo bilan  uchrashish uchun tayyorgarlik ko‘rishga chaqiradi. O‘tganlar biz tiriklarni duo va istig‘forlarimizdan va Qur'on tilovatining savobidan umidvor bo‘lishadi.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: “Sizlarni qabrlarni ziyorat qilishdan qaytargan edim, endi ularni ziyorat qilaveringlar, chunki u sizlarga oxiratni eslatib turadi”. U kishi sollallohu alayhi vasallam mo‘min-musulmonlarni dunyo hayotiga berilib oxirat hayotini unutmastlikka undamoqdalar. 

Qabrlarni ziyorat qilishda bir qancha odoblari bor.

Eng avvalo qabristonga tahorat bilan kirish. Oisha roziyallohu anho aytishlaricha Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qabrni ziyorat qilganda bunday deb aytishni buyurganlar: “Assalamu alaykum mo‘min va musulmonlardan iborat diyor ahli! Biz Alloh xohlasa sizlar qatoringizga qo‘shilamiz. O‘zimiz va sizlarga Allohdan ofiyat so‘raymiz” qabristonga kirishimizda shu duoni o‘qib qabr ahliga salom berib kirishimiz aytilmoqda.

O‘limni esga olib u uchun tayyorganlik ko‘rish. Qabr ustiga o‘tirmastlik.

Qabrlarga suyanmaslik. Jimlikni saqlash. Qabr yoki sag‘analarnini tavof qilmaslik. Ularni silab o‘pmastlik, zero bu ishlar bid'at-xurofatlar hisoblanadi.

Qun'ondan tilovat qilib savobini marhumlar haqqiga bag‘ishlash.

Mayyitlarni haqqiga duoi-xayr qilish, ular biz tiriklardan faqt duo umidvordirlar.

Mayyit o‘zining tirik yaqinlarining holini bilib turadi. Ularning yaxshi ishlaridan xursand, yomon ishlaridan xafa bo‘ladilar. 

Mayyit o‘zini ziyorat qilganlarni biladi va u ma'ruf ish qilsa, foyda, munkar ish qilsa, ozor oladi.

Hanafiy mazhabi bo‘yicha qabrlarni ziyorat qilish erkak va ayollarga mandubdir. Boshqa mazhablar ayollarning qabrlarni ziyorat qilishi joiz emas, deganlar.

Qabr ziyorati Juma, Shanba, Dushanba va Payshanba kunlari bo‘lgani yaxshi. Ziyorat va duo tik turgan holda bo‘ladi.

Ziyoratchi “Yasin” surasini qiroat qilish mandubdir. Buni “al-Bahru ar-Roiq” kitobining sohibi va az-Zayla'iy Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilganlar. Unda Rasululloh alayhissalom:

“Kim maqbaralarga kirganda “Yasin” surasini qiroat qilsa, Alloh o‘sha kuni ularga yengillik beradi va unga o‘sha yerdagi narsalar adadicha hasanotlar bo‘ladi”, deganlar.

Qabrlarni ziyorat qilishni niyat qilgan kishi shu narsalarga amal qilmog‘i kerak bo‘ladi.

Izzatullo O‘ZBEKOV, Kattaqo‘rg‘on tumani “TARNOV” jome masjidi imom xatibi


Kiritilgan vaqti: 12/10/2019 12:13;   Ko‘rilganligi: 2059
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/society/qabrlarni-ziyorat-qiling-u-oxiratni-eslatadi
Chop etilgan vaqti: 26/02/2024 08:47
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing