O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Жамият

Nomahramlar bilan qo‘l berib ko‘rishish

 
 

Dinimizni, o‘zligimizni unutib, o‘zga millatlar madaniyatiga ergashish, taqlid qilish oqibatida, dinimizga yot bo‘lgan va urf-odatlarimiz inkor qiladigan noma'qul ishlar oddiy hol bo‘lib qoldi. Shulardan biri nomahram ayollar bilan qo‘l berib ko‘rishishdir. Bu noxush holat jamiyatda Allohning shariati o‘rniga ba'zi botil ijtimoiy urf-odat va an'analar ustun bo‘lishi oqibatidandir. Hatto odamlarga shariat hukmlaridan gapirib hujjat keltirsangiz, sizni g‘uluv-chuqur ketish, o‘ta murakkablashtirish, qarindoshlardan aloqani uzish va yaxshi maqsadlarga shubha qilishda ayblaydilar.

Natijada, amma, amaki, xola va tog‘alarning qizlari hamda kelin va kelinoyilar bilan qo‘l berib ko‘rishish bizning jamiyatimizda bir piyola suv ichishdan ham yengilroq bo‘lib qoldi. Aslida bu ishning naqadar xatarli ekaniga ochiq ko‘z bilan nazar solishganda, bunday qilishmas edi. Bu haqda Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallamdan sahih hadis vorid bo‘lgan: “Sizlardan birortangiz o‘ziga halol bo‘lmagan ayolni ushlagandan ko‘ra, boshiga igna bilan sanchilishi yaxshiroqdir” (Tabaroniy rivoyati).

Manba: Azon.uz


Kiritilgan vaqti: 26/10/2019 17:04;   Ko‘rilganligi: 1505
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/society/nomahramlar-bilan-qol-berib-korishish
Chop etilgan vaqti: 03/05/2024 16:00
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing