Janoza o‘quvchi benamozlar
Inson vafot etsa unga musulmonlar janoza o‘qib, haqqiga duo qiladilar. Ammo ba'zi odamlar borki farz namozini o‘qigani toqati yo‘q yoki tahorati yo‘q. Biroq o‘zlaricha marhumni haqqiga duo qilmoqchi bo‘ladilar.
Bu kimsalar shunday bebaxt kimslarki farzi ayin uchun uzur topadilaru, lekin farzi kifoya uchun talpinadi. Bu kimsalar nafaqat Alloh, balki, marhumni ham norozi qiladilar.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: “Janozani oldida nasihatga o‘rin qolmaydi”.
Janoza o‘quvchi benamozlar bu mayitdan o‘zlari ham shu holga tushushlarini ibrat olmas ekanlar albatta ziyon ko‘ruvchilardan bo‘ladilar!
Abrorov Jahongirxon - Urgut tuman "Boybul" jome masjidi imom noibi
Kiritilgan vaqti: 24/10/2019 16:21; Ko‘rilganligi: 2180
Chop etilgan vaqti: 12/09/2024 10:35