O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Жамият

Ayol va jamiyat

 
 

Ma'lumki, huquqiy demokratik jamiyatda ma'naviy-ruhiy erkinliklarga tobora keng yo‘l ochilmoqda. Sog‘lom fikrli va irodali, go‘zal xulqli, solih amalli ayolni kamolot va hidoyat sari yo‘llash ayni kunda muhim va dolzarb vazifa ekanini anglab yetdik. Har bir musulmon ayoli  nafaqat o‘zining kelajagi va oxirati uchun, balki jamiyatning istiqboli, uning farovonligi uchun ham mas'ul inson ekanligini his qilishi lozim. Oilasiz jamiyat, davlat bo‘lmagani kabi, ayolsiz oilani tasavvur etib bo‘lmaydi.

Oxirgi asrlarda musulmonlar tarafidan ilmiy kashfiyotlarga ko‘p ham qo‘l urilmadi. Bugungi kunda o‘lkamizda ham nafaqat musulmon ayollarning, hatto, erkaklarning ham ilmga rag‘batlari pastlab borgani sir emas. Islom dini erkaklargina qiladigan og‘ir kasblarni ayollarga farz qilmagan. Lekin ayollarga xos ba'zi ishlarni erkaklarga xos ba'zi ishlar bilan tenglashtirib, ular bilan teng savob olishni joriy qildi.

         Tarixdan ma'lumki, Islom dini ayollarning insoniy haq-huquqlarini tiklash, hurmatini joyiga qo‘yish bilan jamiyatdagi mavqeini yuksaltirdi. Musulmonchilik endigina yoyilayotgan paytlarda yer yuzidagi qavmlarning ayollari ko‘p insoniy huquqlardan mahrum holda haqir hayot kechirar edi. Asri saodatda sahobiyalar o‘rtasida ilmlari, zehnlari bilan ajralib turgan ayollardan Oisha, Hafsa, Ummu Salama, Karima bintul Mikdol, Ummu Kulsum binti Uqba, Oisha binti Sa'd (r.a.)larning nomlari tarixda qolgan. Hozirgi ayollarimiz ham ilm-ma'rifat, odob-axloq, sharmu-hayo-yu, barcha yaxshi fazilatlarda mo‘tabar onalarimizdek bo‘lishini juda-juda istar edik. Ming afsuski, ayollarimizning ayrimlari hatto o‘zini ayol ekanini ham unutib qo‘ymoqda. Ommaviy madaniyat degan iborani  Yevropa davlatlaridan bizga ayrim ko‘rinishlari kirib kelayapti.  Ayollarimizni erkaklarga o‘xshab kiyinishi, yarim yalang‘och sahnalarda raqs tushishi va hakazo. Bu ayollar ona ekani, oilada farzand tarbiyasini bajarishi yodlaridan chiqqandek go‘yo. Olimlarning tadqiqotlariga ko‘ra, o‘z onasi tarbiyasini olgan, uning g‘amxo‘rligi, shafqatini har qadamda his etib turgan bolalar - butunlay oila, farzand tarbiyasidan o‘zga ishga o‘zini baxshida qilib, farzandlaridan uzilib qolgan onalarning bolalariga qaraganda sog‘lom, aqlli, tarbiyali va ko‘ngilchan bo‘lib ulg‘ayishar ekan. Islomda halol va harom amallar aniq belgilangan. Yana bir bor ta'kidlash lozimki, Islomda ayol kishining ishlashi man qilinmagan, balki bu masala ayol kishining, uning oilasining, jamiyatining manfaatlaridan kelib chiqib tartibga solingan. Yosh bolalarning tarbiya va ta'lim ishlari ayollarning vazifalari hisoblanadi. Xotin-qizlarga tibbiy xizmatlar ko‘rsatish ayollarning ishi hisoblanadi. Shuningdek, ayol kishi erining ishida yordamchi bo‘lishi, oilasi muhtoj bo‘lganda halol yo‘l bilan, halol mehnat qilishi joiz. Ya'ni, o‘zi xohlasa, ishlaydi, bo‘lmasa, birov uni majbur qila olmaydi. Ba'zi ulamolarimiz: nodir qobiliyatga ega bo‘lib, jamiyatga foydasi ko‘p bo‘lgan ayollar ham ishlashlari tavsiya qilinadi, deganlar. Qolgan paytlarda ayol kishini ishlashga majbur qilish yo‘q. Uni turli yo‘llar bilan tashviqot qilib, arzon ishchi kuchi sifatida ezishiga ham hech kimnining haqqi yo‘q. Ayol-qizlarni tong saharda dalaga chiqarib, tun qorong‘usida qaytarishga ham hech kimning haqqi yo‘q. Ayollarni o‘zlariga mos bo‘lmagan ishlarga jalb etib ularnig ayollik latofati va onalik qobiliyatiga futur yetkazishga ham hech kimning haqqi yo‘q.   Ular onadir, ular tarbiyachi va vafoli yor.

Jasur JAMURATOV – Payariq tuman “Islom Nuri” jome masjidi imom noibi


Kiritilgan vaqti: 01/11/2019 15:35;   Ko‘rilganligi: 1268
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/society/ayol-va-jamiyat
Chop etilgan vaqti: 03/05/2024 09:16
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing