Siz uyali aloqa vositasidan qanday foydalanasiz?
Tobora odimlab borayotgan yurtimizda uyali aloqa vositasidan foydalanish
hozirgi vaqtda oddiy bir hol.Uyali aloqa vositasidan yoshu -qari,katta-kichik,ayol-erkak birdek foydalanmoqda.Ho‘sh biz Alloh taoloni bizga bergan bu ne’matidan qanday foydalanmoqdamiz.
Abu Zarr roziallohu anhudan rivoyat qilinadi Rasululloh s.a.v marhamat qildilar: “”Odamlarga husni xulq ila muomala qil” dedilar (Termiziy rivoyat qilgan).
Quyida uyali aloqa vositasidan foydalanishni bir qancha odoblari haqida so‘z yuritamiz.
1.Avvalambor uyali aloqa vositasini sotib olishda uni yaxshiliklarga, og‘irimizni engil qilishga,uzog‘imizni yaqin qilishga niyat qilish.
2.Uyali aloqa vositasini faqatgina ehtiyojiga yarashasini olish.
3.Uyali aloqa vositasini yuziga har-xil kalima va oyatlarni qo‘ymaslik.
4.Uyali aloqa vositasini qo‘ng‘iroq tovishlariga Qur’on,azon yoki salovatlarni qo‘ymaslik.
5.Uyali aloqa vositasida parnagrafiyaga oid qarash mumkin bo‘lmagan (harom) surat,klip va filmlarni qo‘ymaslik va saqlamaslik.
6.Birovni uyali aloqa vositasini o‘zini ruxsatisiz ko‘rish va qo‘ng‘iroq qilmaslik.
7.Uyali aloqa vositasida birovning suratini o‘ning ruxsatisiz olmaslik.
8.Uyali aloqa vositasini yosh bolalarga va maktab o‘quvchilariga olib bermaslik,olib berganda ham faqat zarur hollarda ishlatishini ta’minlash.
9.Masjidda,yig‘inda,qabul chog‘ida va shunga o‘hshash joylarda boshqalarni
nafratini keltirmaslik uchun o‘chirib qo‘yish.
10.Uyali aloqa vositasini jamoat joyida qo‘liga olib o‘ynamaslik.
11.Uyali aloqa vositasida suhbatlashayotganda keragidan ortiq ovozini
ko‘tarmaslik.
12.Uyali aloqa vositasida chaqiriq tovushlarini boshqalarga malol kelmaydigan
qilib qo‘yish.
13.Uyali aloqa vositasida suhbatlashayotganda imkon qadar tezroq tugatish.
14.Qo‘ng‘iroq qilishdan oldin u insonni bant yoki dam olish vaqti emasligini
bilish.
15.Bir marta qo‘ng‘iroq qilganda javob bermadimi keyinroq qo‘ng‘iroq qilish.
16.Agar 3 marta qo‘ng‘iroqga javob bermasa yana qayta qong‘iroq qilmaslik.
17.Chaqirilgan inson labbay deyishi chaqiruvchi esa Assalomu alaykum deb
salom berishi.
18.Agar uyali aloqa vositasida uzoqroq suhbatlashmoqchi bo‘lsa suhbatdoshidan ruxsat so‘rashi.
19.Uyali aloqa vositasida suhbatlashayotganda taomlanish yoki biror narsa
emaslik .
20.Uyali aloqa vositasida noo‘rin hazil qilmaslik.
21.Uyali aloqa vositasida birovni qo‘rqitmaslik.
22.Uyali aloqa vositasida yolg‘on gapirmaslik.
23.Uyali aloqa vositada so‘kinmaslik.
24.Uyali aloqa vositasida faqat chiroyli so‘zlarni so‘zlash.
25.Birovni raqamini o‘zini ruxsatisiz boshqalarga tarqatmaslik.
26.Qo‘ng‘iroq bo‘lganda javob beraolmagan kishi imkon topilganda o‘zi qaytib
qo‘ng‘iroq qilishi.
27.O‘ziga kelgan xabar yoki xatni boshqalarga tarqatmaslik (Mumkin bo‘lmagan).
28.Chiqimdan qochib birovni uyali aloqa vositasiga raqamini chiqarib uni javobini kutish (Gudok tashlash).
Afsuski hozirgi vaqtda uyli aloqa vositasidan foydalanayotgan insonlar, aniqrog‘i yoshlar yuqorida sanab o‘tilgan odoblariga rioya qilmasdan ko‘cha-ko‘yda o‘z uyali aloqa vositalarini ko‘z-ko‘z qilib yoki bo‘lmasam o‘zini ko‘rsatish maqsadida har xil musiqalarni qo‘yib atrofdagi boshqa insonlarni tinchini buzishmoqda.
Eng achinarlisi hayosiz filmlar,suratlar va kliplarni tomosha qilib va uni boshqalarga ham tarqatishmoqda.Bunday salbiy narsalar na musulmonlikka na o‘zbekligimizga va na insoniylikka to‘g‘ri keladi.Zero, Oysha roziyallohu anhadan rivoyat qilingan hadisda Rasulluloh sallollahu alayhi vasallam “Albatta mo‘min o‘zini chiroyli xulqi ila ro‘za tutuvchi va bedor bo‘luvchinining darajasini topadi”, deb marhamat qilganlar.
(Abu dovud,Termiziy,Ibn Hibbon,Hokim rivoyat qilgan.)
Shuning uchun har bir ota-ona o‘z farzandlarini bu jirkanchliklardan qaytarsa, har bir o‘qituvchi o‘z o‘quvchilariga qilayotgan ishlarini to‘g‘ri emasligini tushuntirib bera olsa va har bir inson o‘z do‘stlariyu-birodarlarini bu kabi ishlari kelajakda salbiy oqibatlarga olib kelishini tushuntirib, boshqalarni ham ogoh qilsalar nihoyatda ulug‘ savobga doxil bo‘lar edilar.
Aziz o‘quvchi, Yurtimiz kelajagi, dinimiz kelajagi,avlodlarimiz davomchilari farzandlarimiz ekanligini unutmaylik.
Kiritilgan vaqti: 20/10/2018 00:00; Ko‘rilganligi: 2128
Chop etilgan vaqti: 14/10/2024 15:45