O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Maqolalar

Shukr qiling ro‘za tutganlar

 
 

Ro‘za tutmoq aslida omad,

Oxirotga cheksiz daromad,

Ramazonga yetdik salomat,

Shukr qiling ro‘za tutganlar.

Oson emas saharda turmoq,

Och xolatda kun bo‘yi yurmoq,

Maqsadingiz jannatga kirmoq,

Shukr qiling ro‘za tutganlar.

Ro‘zadorga mahliyo borliq,

Ro‘za tutmay yurmoqlik xorlik,

Xursandchilik sizga iftorlik,

Shukr qiling ro‘za tutganlar.

Dunyoda bor turli xil kasb,

Mo‘minlarga ro‘za munosib,

Kimlargadir qilmadi nasib,

Shukr qiling ro‘za tutganlar.

Bezatilgay jannatda bog‘lar,

Qolmagaydur gunohdan dog‘lar,

Barpo bo‘lar savobdan tog‘lar,

Shukr qiling ro‘za tutganlar.

Elimiz tinch yurtimiz obod,

O‘tganlarning ruxi bo‘lsin shod,

Qur’on o‘qib qilmoqdamiz yod,

Shukr qiling ro‘za tutganlar.

Boqoniy der fursat g‘animat,

Ramozonda qiling ko‘p ximmat,

Ro‘za tutmoq eng buyuk ne’mat,

Shukr qiling ro‘za tutganlar.


Kiritilgan vaqti: 21/05/2018 00:00;   Ko‘rilganligi: 2640
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/shukr-qiling-roza-tutganlar
Chop etilgan vaqti: 06/12/2024 11:54
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing