O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Maqolalar

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

 
 

1952 yili Andijon viloyatining Buloqboshi qishlog‘ida tug‘ilgan. O‘rta maktabda o‘qish bilan birga otasi Muhammad Yusuf hojidan diniy ta'lim oldi. Buxorodagi “Mir Arab” madrasasi, Toshkentdagi Islom oliy ma'hadini bitirib, “Sovet sharqi musulmonlari” jurnalida ishladi.

1980 yilgacha Liviyadagi “Ad-da'vatul Islomiya” oliy o‘quv yurtida o‘qidi. Keyin O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasi xalqaro aloqalar bo‘limida, keyinchalik Toshkent islom oliy ma'hadi mudirining noibi, 1983 yildan esa oliy ma'had rektori bo‘lib ishladi. 1989 yil  O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlarining to‘rtinchi qurultoyida diniy idora raisi, muftiy etib saylandi. Shu vazifada 1993 yilgacha ishladi. U bir necha Islom xalqaro tashkilotlari hay'atining a'zosi. Olti jildli “Tafsiri Hilol”, ko‘p jildli “Hadis va hayot”, “Imon”, “Sunniy aqidalar”, “Odoblar xazinasi”, “Vasatiya – hayot yo‘li”, “Ruhiy tarbiya”, “Muxtasari viqoya” sharhi, “Kifoya”, “Zikr ahlidan so‘rang” kabi ko‘plab kitoblari, tarjimlari nashr etilgan.

Manba:"O‘zbekiston musulmonlari idorasi" kitobi, 15-bet.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 12/10/2019 15:58;   Ko‘rilganligi: 2886
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/shayx-muhammad-sodiq-muhammad-yusuf
Chop etilgan vaqti: 03/03/2024 17:55
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing