O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Maqolalar

SAVOBLARI TOG‘LARDEK AMMO JAHANNAMGA OTILADIGAN INSONLAR..!

 
 

Hadis...

 Rosululloh sollallohu alayhi vasallam sahobalaridan «Muflis  kimligini bilasizlarmi?» - deb so‘radilar.

Sahobalar: Muflis na dirhami va na biror narsasi bor bo‘lgan kishiga aytiladi – dedilar.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: «Mening ummatimdagi muflis qiyomat kuni namozi, ro‘zasi va zakoti bilan keladi.

 Lekin u bu odamni so‘kkan, unisiga tuhmat qilgan, birovning molini yegan, boshqasining qonini to‘kkan yana kimnidir urgan bo‘ladi.

 Haligi kishining yaxshiliklaridan ularga olib beriladi.

 Agar yaxshiliklari to‘lashga yetmay qolsa ularning xatolaridan olib bunga yuklanadi.

So‘ng uni do‘zaxga tashlanadi.»

(Imom Muslim rivoyati)

Bu birovlarning haqlariga xiyonat qilgan kishining holidir.

 Qiyomat kunida uning amallari tog‘lardek bo‘lsa ham, butunlay hech narsasiz bo‘lib qoladi.

 Kimki g‘iybatdan saqlanmasa, xiyonat qilgan bo‘lsa uning yaxshi amallari haq egalariga bo‘lib beriladi.

 O‘ziga berilgan haqlar va omonatlarga xiyonat qilgan kishi qiyomat kuni ularni shu tarzda to‘laydi...!

Ogoh bo‘ling Azizlar O‘lim kelmasidan oldin o‘zingizda hech kimni haqqini qoldirmang!!!

Boshqalarga ham yuboring!

 Ulashuvchi ham amal qilganlik savobini oladi, In Sha Alloh!

O‘MI - Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 09/01/2020 23:26;   Ko‘rilganligi: 1595
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/savoblari-toglardek-ammo-jahannamga-otiladigan-insonlar
Chop etilgan vaqti: 15/10/2024 14:17
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing