O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Maqolalar

SALAF VA XALAF SO‘ZLARI NIMA MA'NONI BILDIRADI? SALAF VA XALAF OLIMLARI ORASIDAGI FARK, NIMALARDA NAMOYON BULADI?

 
 

«Salafiylik» tushunchasi arab tilidagi «salaf» so‘zidan olingan. «Salaf» so‘zi esa «ajdodlar», «avval yashab o‘tganlar» ma'nolarini anglatadi.

«Salaf» so‘zi Kur'onda ham «avval yashab o‘tganlar», «o‘tmish (kishilari)» ma'nolarida ishlatilgan (Zuxruf, 56).

«Salaf» so‘zi Paygambar (alayhis-salom)ning o‘zlariga hamda sahobiylariga nisbatan aynan lug‘atdagi ma'noda qo‘llanilganini qator hadislarda ko‘rishimiz mumkin. Rasulullox, (alayhis-salom) qizlari Fotima (r.a.)ga shunday deganlar: «Men sen uchun yaxshi salafman (ajdodman). Paygambar (alayhis-salom) bu bilan qizlaridan avval dunyoni tark etishlariga ishora qilganlar.

«Salaf» so‘zi diniy istilohda muayyan bir davr bilan bog‘liq ma'noni beradi. Paygambar (alayhis-salom) o‘z hadislarida «Eng yaxshi davr men yashagan davr, so‘ng undan keyingi va undan keyingi davrlardir» deb, islomning ilk uch davrini madh etganlar. Ana shu hadisga asoslanib, islom ulamolari Muhammad (alayhis-salom) zamonlarida va undan keyingi ikki davrda yashagan musulmonlarni «salaf solih», ya'ni «solih ajdodlar» deb tavsiflaydilar. Ulardan keyingi davrlarda yashagan musulmonlarga nisbatan bu nomlar asarlarda qo‘llanilmaydi.

H.Temirov O‘MI - Samarqand viloyat vakilligi xodimi


Kiritilgan vaqti: 30/03/2020 17:09;   Ko‘rilganligi: 1224
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/salaf-va-xalaf-sozlari-nima-manoni-bildiradi-salaf-va-xalaf-olimlari-orasidagi-fark-nimalarda-namoyon-buladi
Chop etilgan vaqti: 22/05/2025 07:44
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing