O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Саҳобалар ҳаёти

HAZRATI UMAR QUYOSHGA QARAGAN EDI, QUYOSh SO‘NDI

 
 

Bir kuni Hazrati Umar (r.a.) xirqasini yamar edi. Umarning yelkasi ochiq qolganidan quyosh qattiq qizdirdi. Bu issiqdan Hazrati Umarning muborak qalbi siqildi. Umar quyoshga birdan qaragan edi, Alloh amri ila quyosh harorati, nuri so‘nib pasaydi. Jabroil (a.s.) Rasuli Akram (s.a.v.)ga kelib:

- Yo Rasululloh! Umarga buyuring, quyoshga shavqat nazari ila boqsin. Bo‘lmasa quyosh to qiyomatgacha shunday qoladi, quyoshsiz hammayoq zulmat bo‘ladi, - dedi.
Rasuli Akram:
- Yo Umar! Janobi Haq senga quyoshga shafqat ila qarashingni buyurdi, - deb amr qildi.
Hazrati Umar quyoshga shafqat ila boqqan edi, quyosh yorishdi, avvalgi holiga keldi.

Izoh va o‘git
Hazrati Umarni Umar etgan Islomdir. Hazrati Umar islomning buyruqlaridan (amrlaridan) qilchalik ayrilmagani sababli Hazrati Umarga juda buyuk ne'matlar, martabalar berildi. Hazrati Umar Allohni sevar edi. Alloh ham Umarni sevdi. Quyoshga so‘zini o‘tkazgan Umar, albatta, Allohning roziligiga noil bo‘lganligi va yetishganligi uchungina bunday darajaga erishgandir.

“Hikmatlar xazinasi” kitobidan.


Kiritilgan vaqti: 21/11/2022 15:12;   Ko‘rilganligi: 1164
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/sahaba/hazrati-umar-quyoshga-qaragan-edi-quyosh-sondi
Chop etilgan vaqti: 11/09/2024 18:47
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing