O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Саҳобалар ҳаёти

Bir musulmonni ehtiyojdan qutqarganing uchun buyuk Alloh seni mukofotladi.

 
 

Hazrat Ali uydan olti dirham olib bozorga bordilar. Endi savdo qilayotgan paytda ikki kishining kelishmay turganini ko‘rdilar. Biri qarzini qistar, ikkinchisi biroz muhlat berishini so‘rab yalinardi. Olti dirhamini ularga berib tinchitgan hazrat Ali uyga bo‘sh qaytishga majbur bo‘ldilar:

– Ota, meva olib keldingizmi? Yeydigan hech narsa olmadingizmi, ota? Ota, ochman!
Hazrat Alining yuragi parcha-parcha bo‘ldi. Ko‘zlari yoshga to‘ldi. «Hozir olib kelaman», deb uydan chiqdilar. Nima qilishni, qayerga borishni bilmasdilar. Shu payt oldilaridan tuya yetaklagan kishi chiqdi.
– Ali, tuya olasanmi?
– Hozir pulim yo‘q.
– Keyin berarsan, senga ishonaman.
– Unday bo‘lsa, olaman. Qancha?
– Yuz dirham.
– Mayli, oldim. Tuyani yetaklab to‘g‘ri bozorga bordilar. U yerda tuyaga darhol xaridor chiqdi.
– Tuya sotasanmi, Ali?
– Ha, sotaman.
– Uch yuz dirhamga sotasanmi?
– Ha, oling.
Pulga darhol bozor-o‘char qildilar, bolalariga yegulik, mevalar xarid qilib uyga kaytdilar. O‘sha kuni uylarida bayram bo‘ldi. Bir tomondan yuz bergan voqea muhokama qilinar, ikkinchi yondan taom hozirlanardi. Shu kuni Payg‘ambar alayhissalom ularnikiga keldilar.
– Senga tuya sotgan odam kimligini bilasanmi, Ali?
– Yo‘q, Allohning rasuli.
– Hazrat Jabroil edi. Tuyangni kim olganini bilasanmi?
– Yo‘q, Allohning rasuli.
– U zot hazrat Isrofil edi. Tuya esa jannat tuyalaridandir. Bir musulmonni ehtiyojdan qutqarganing uchun buyuk Alloh seni mukofotladi.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 23/11/2022 11:14;   Ko‘rilganligi: 795
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/sahaba/bir-musulmonni-ehtiyojdan-qutqarganing-uchun-buyuk-alloh-seni-mukofotladi
Chop etilgan vaqti: 20/04/2024 10:45
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing