O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Maqolalar

Rasulullohning muhabbatini qanday hosil qilamiz?

 
 

Rasululloh sollollohu alayhi vasallamning muhabbati musulmonning imoniga chindan ham oziqa bo‘ladi. Agar musulmon kishining imoni ziyoda bo‘lsa, Rasulullohga bo‘lgan muhabbati ham ziyoda bo‘ladi. Rasululloh sollollohu alayhi vasallamni yaxshi ko‘rishlik toat va qurbatdir. Darhaqiqat, shariat Nabiy alayhissalomning muhabbatini vojibotlardan sanadi.

Anas ibn Molikdan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollollohu alayhi vasallam: “Sizlardan birortalaringiz meni farzandidan, ota-onasidan va odamlarning barchasidan ko‘ra ko‘proq yaxshi ko‘rmaguncha haqiqiy mu’min bo‘lolmaydi”, deganlar.

Nabiy alayhissolamning muhabbatini quyidagilarni bilish bilan hosil qilish mumkin.

Birinchi: Ul zot Robbisi tomonidan ixtiyor qilingan va tanlangan, insonlarga Allohning dinini etkazish uchun butun olamga yuborilgan rasuldir. Alloh taolo yaxshi ko‘rgani uchun uni tanladi va undan rozi bo‘ldi. Agar Alloh undan rozi bo‘lmaganida uni tanlamagan bo‘lardi. Alloh yaxshi ko‘rgan kishini yaxshi ko‘rmoqligimiz, rozi bo‘lgan kishidan rozi bo‘lmoqligimiz bizlarga vojibdir. Ul zot Allohning do‘sti ekanligini bilmoqligimiz lozim, vaholanki do‘stlik oliy martaba va u muhabbatning eng yuqori darajasidan-da oliydir.

Jundab (r.a.) aytadilar. Rasululloh sollollohu alayhi vasallam vafot etishlaridan besh kun oldin quyidagi aytgan so‘zlarini eshitdim. Men Allohdan sizlar orangizdan bir xalil (do‘st) bo‘lishini ruxsatini so‘ragan edim. Alloh meni xuddi Ibrohim alayhissalomni do‘st tutgani kabi do‘st tutdi. Agar ummatimdan xalil tutganimda Abu Bakrni ana shunday qilgan bo‘lar edim”

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:

«Odamlar ichida men uchun suhbatida va molida eng ishonchlisi Abu Bakrdir. Agar men o‘zim uchun Robbimdan boshqani xalil tutadigan bo‘lsam, albatta, Abu Bakrni tutar edim. Lekin u islom birodarligi va muhabbatidir. Masjidda hech bir eshik qolmasdan hammasi berkitilsin. Illo Abu Bakrning eshigi bundan mutasno», dedilar».

Ushbu hadisi sharifdan Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu islom ummatining ichida Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamni eng yaqin tanigan, eng afzal shaxs ekanliklari yaqqol ko‘rinib turibdi. Ummatga bu namunadir!

Ikkinchi: Alloh taolo Nabiy alayhissalomni tanlagan manzilini bilmoqligimiz lozimdir. Chunki ul zot bashariyatning eng afzalidir.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Men Qiyomat kuni odam bolasining ulug‘idirman. Ustidan qabr birinchi yoriladigan shaxs menman. Avvalgi shafoatchi menman. Avvalgi shafoat qilinuvchi menman», dedilar (Imom Muslim rivoyati).

Abu Hurayra r.a. dan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Har bir payg‘ambarning (ijobat etilishi aniq bo‘lgan) duosi bor. Men esa, inshaalloh, o‘sha duoim qiyomat kuni ummatimga shafoat bo‘lishi uchun yashirib qo‘yishni xohladim”, dedilar.

Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Men jannatga odamlarning birinchisi bo‘lib (kiruvchisi), shafoat qiluvchisiman. Va yana men payg‘ambarlar ichida eng ko‘p ergashiluvchisiman», dedilar.

Uchinchi: Bizlarga dinni etkazishda mashaqqat va qiyinchilikka yo‘liqqanini bilishimiz lozim. Xuddi shunday bo‘lgan ham. Rasulullohning mushriklar tomondan ozorlangani, so‘kilgani, urilgani, haqoratlanganini, yaqin qarindoshlari ul zotdan yuz o‘girganlarini, yolg‘onchi, sehrgar, majnun deb tuhmat qilinganlarini bilmog‘imiz vojibdir. Bularning barchasi bizlarga yetib keladigan dinning o‘chog‘ini o‘chirish uchun ul zotni urdilar, ahlidan , diyoridan chiqardilar. Rasululloh sollollohu alayhi vasallam eng yaxshi ergashiluvchi namunadirlar. U zot boshlariga ichak-chavaq tashlab yuborildi, oyoqlari qonatildi, yuzlari yorib yuborildi, hovlilariga qamal qilib qo‘yilganidan daraxt barglarini yeb kun o‘tkazdilar, o‘zlari tug‘ilib o‘sgan Makkadan haydab chiqarildi, oldi tishlari sindirildi.

To‘rtinchi: Rasululloh sollollohu alayhi vasallamning barcha sunnatlarini qanchalik og‘ir yoki engil bo‘lsada, uni odamlar


Kiritilgan vaqti: 11/12/2017 00:00;   Ko‘rilganligi: 2686
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/rasulullohning-muhabbatini-qanday-hosil-qilamiz
Chop etilgan vaqti: 18/06/2024 22:41
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing