O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Maqolalar

Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam)ga muhabbat

 
 

Yo Rasululloh! Sizni yaxshi ko‘ramiz. Chunki Alloh taolo sizni yaxshi ko‘radi.

Yo Rasululloh! Sizni yaxshi ko‘ramiz. Chunki Alloh taolo sizni butun olamlarga rahmat qilib yubordi.

Yo Rasululloh! Sizni yaxshi ko‘ramiz. Siz Alloh taoloning butun olamlarga yuborgan oxirgi haq Rasulisiz.

Yo Rasululloh! Sizni yaxshi ko‘ramiz. Chunki sizni sevmoq sunnatingizga ergashish va sizga itoat qilish demakdir. Bu esa biz uchun ulkan saodatdir.

Yo Rasululloh! Sizni yaxshi ko‘ramiz. Chunki siz bizga o‘zimizdan ham yaqinroq hamda ota-onamiz, farzandimiz va barcha yaqinlarimizdan mahbubroqsiz.

Yo Rasululloh! Sizni yaxshi ko‘ramiz. Chunki mana shu sevgi bizni ota-onamizga yaxshilik bilan itoat qilishimizga, farzandimizni go‘zal tarbiyalashimizga va barcha yaqinlarimizga chiroyli muomala qilishimizga undaydi.

Yo Rasululloh! Sizni yaxshi ko‘ramiz. Chunki sizni yaxshi ko‘rish Alloh taologa eng afzal ibodatlardandir.

Yo Rasululloh! Sizni yaxshi ko‘ramiz. Chunki biz muhabbatingiz bilan sizga yana ham yaqinroq va mushtoqroq bo‘lamiz.

Yo Rasululloh! Sizni yaxshi ko‘ramiz. Chunki siyratingiz Islom dini hukmlarining amaliy tatbiqidir.

Yo Rasululloh! Sizni yaxshi ko‘ramiz. Chunki siyratingiz Alloh taoloning muborak kalomi Qur'oni karim oyatlari va hukmlarining batafsil bayonidir.

Yo Rasululloh! Sizni yaxshi ko‘ramiz. Chunki siz buyuk xulq sohibisiz hamda hayotingiz din va axloqdir.

Yo Rasululloh! Sizni yaxshi ko‘ramiz. Chunki hayotingiz biz uchun jannat yo‘liga yetaklovchi hayotdir.

Yo Rasululloh! Sizni yaxshi ko‘ramiz. Chunki siz bizning ikki dunyo baxtimiz uchun o‘z joningizni mashaqqatga qo‘ydingiz.

Yo Rasululloh! Sizni yaxshi ko‘ramiz. Chunki siz bashariyatni badbaxtlik va halokatdan saqlab qoldingiz.

Yo Rasululloh! Sizni yaxshi ko‘ramiz. Chunki siyratingiz biz uchun ibrat va hikmat manbaidir.

Yo Rasululloh! Sizni yaxshi ko‘ramiz. Chunki hayotingiz dunyodagi eng go‘zal, eng qiziqarli hamda eng qimmatli hayot qissasidir.

Yo Rasululloh! Sizni yaxshi ko‘ramiz. Chunki muhabbatingiz nafaqat oddiy inson uchun, balki ummatning eng buyuklari uchun ham baxtu saodat va izzat-ikromdir.

Yo Rasululloh! Sizni yaxshi ko‘ramiz. Chunki bu dunyoda ham, qiyomat kunida ham Odam farzandlarining sayyidisiz.

Yo Rasululloh! Sizni yaxshi ko‘ramiz. Chunki siz yoshu qari uchun ham, ustozu shogird uchun ham, namunaviy er va mehribon ota uchun ham, odil rahbar va tajribali qo‘mondon uchun ham eng oliy, eng go‘zal va eng mukammal namunadirsiz. Balki siz har bir inson uchun barcha holat va ko‘rinishingizda eng buyuk namunadirsiz.

Yo Rasululloh! Sizni yaxshi ko‘ramiz. Chunki hayotingiz va turmush tarzingiz orqali nabaviy shaxsiyatingizni daqiq fahmlaymiz. Zero, siz shunchaki juda iqtidorli va qahramon shaxs emas, balki siz Alloh taoloning vahiysi bilan quvvatlangan Payg‘ambari va Rasulidirsiz.

Yo Rasululloh! Sizni yaxshi ko‘ramiz. Chunki axloqingiz borasidagi hadislar bizga odob-axloqni, ibodatingiz borasidagi hadislar Alloh taologa qanday ibodat qilishimizni, shijoatingiz borasidagi hadislar shijoatni va faqat Alloh taolodan qo‘rqishimizni, olijanobligingiz borasidagi hadislar olijanoblikni va sizdagi barcha sifatlar haqidagi hadislar bizga barcha yaxshiliklarni o‘rgatadi.

Yo Rasululloh! Sizni yaxshi ko‘ramiz. Chunki Alloh taolo sizni biz uchun eng oliy namuna qildi. Siz barcha zamonlarda butun insoniyat uchun har bir ishda eng yuksak o‘rnaksiz.

Yo Rasululloh! Sizni yaxshi ko‘ramiz. Chunki Alloh taolo sizga Havzi Kavsarni ato qilgan. Toinki biz sizning muborak qo‘lingizdan ketidan umuman chanqoqlik kelmaydigan suvdan to‘yib ichaylik.

Yo Rasululloh! Sizni yaxshi ko‘ramiz. Chunki siz qiyomat kunida shafoatchimizsiz. Toinki siz bizni o‘z shafo'atingizga oling.

Yo Rasululloh! Sizni yaxshi ko‘ramiz. Chunki siz "Kishi sevgan insoni bilan birgadir" deb aytgansiz! Biz siz bilan jannatul Firdavsda birga bo‘lishimizni istaymiz.

Yo Rasululloh! Sizni yaxshi ko‘ramiz. Sizga salot va salom aytamiz. Chunki Alloh taolo bizga siz uchun salavot va salom aytishimizni buyurdi.

Assolatu vas salamu alayka Ya Rasulalloh! Assolatu vas salamu alayka Ya Habiyballoh! Assolatu vas salamu alayka Ya Xoyra xolqillah!

 Jahongirxon ABROROV – Urgut tumani “Boybul” jome masjidi imom noibi


Kiritilgan vaqti: 25/10/2019 16:09;   Ko‘rilganligi: 1273
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/rasululloh-sollallohu-alayhi-vasallamga-muhabbat
Chop etilgan vaqti: 07/02/2025 12:33
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing