O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Maqolalar

RAMAZON YAQIN

 
 

Birodarlar, ramazon oyi tobora yaqinlashmokda. Shu munosabat bilan o‘z xulqimda ba'zi o‘zgarishlarga  erishmoqchiman. Chunki, kishi islohni o‘zidan boshlamasa qolgan baland parvoz gaplar bekor. Xato qilsam to‘g‘irlab qo‘yasiz degan umiddaman.

Birodarchilik odobida kim bilan nuqsonga yo‘l qo‘ygan bo‘lsam ulardan  uzr so‘rayman. "Albatta mo‘minlar birodardirlar". (Hujurot, 10-oyat).

Kim bilan gap talashib, urushib qolgan bo‘lsam oralarni isloh qilishga chaqiraman. "Ikki birodaringiz orasini isloh qiling" . (Hujurot -oyat).

 Kim bilan bir masalada  fikrimiz jam bo‘lmay, bo‘linib qolgan  bo‘lsak, kibrni chetga otib, bo‘linishga chek qo‘yish kerak. "Barchangiz Allohning arqonini mahkam tuting va bo‘linib ketmang"  . (Oli Imron 103-oyat),

 Mo‘minlarga nisbatan yanada  rahmliroq bo‘lishga qaror qildim. "(Mo‘minlar) o‘zaro  raxmlidirlar". (Fath, 29-oyat)

 Birodarlarga nisbatan kechirimli, haliym va ularga istig‘for aytishni odat qilaman. "Agar qo‘pol, qalbi qattiq bo‘lganingizda atrofingizdan tarqab ketgan bo‘ladilar, bas, ularni avf eting, ularga istig‘for ayting va ular bilan mashvarat qiling". (Oli Imron, 159-oyat).

 Bilgan  va bilmagan do‘stlar haqqiga doimiy duo qilishni odat qilish va qalbda  o‘rnashib qolgan g‘ashlikni  ketkazishimiz zarur – HAMMAMIZ.

"Ey Robbimiz, bizni va bizdan avval iymon bilan o‘tgan birodarlarimizni mag‘firat qil. Qalbimizda mo‘minlarga nisbatan nafrat solmagin. Ey robbimiz albatta sen shafqatli va mehribonsan" (Hashr, 10-oyat).

 Agar hammamiz  mana shunday  shakllansak, ramazonda  taqvo sifatini o‘zimizda his qilamiz inshaalloh.

Hoy o‘zaro janjallashib yurgan aka-ukalar, opa-singillar orangizni isloh qiling. Alloxdan qo‘rqing. Parokanda bo‘lmang.

Kirib kelayotgan Ramazon oyi barcha mo‘min va mo‘minalarga muborak bulsin.

Jahongirxon Abrorov - O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot kotibi


Kiritilgan vaqti: 01/04/2020 17:35;   Ko‘rilganligi: 1421
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/ramazon-yaqin
Chop etilgan vaqti: 06/10/2024 18:17
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing