Ramazon — ajr-savoblarga limmo-lim oydir!
Bizga Ramazon oyini savob va ajrlarga limmo-lim qilib bergan Allohga hamdlar, barcha xulqlarning chiroylisi mujassam bo‘lgan payg‘ambarimizga salovat va salomlar bo‘lsin. Va u kishining oilalariga, ashoblariga va ularga shodu-xurramlik kunigacha yaxshilik bilan ergashgan zotlarga ham salomlar bo‘lsin.
Olamlar robbisi va xalqiga mehribon Alloh ta’oloning marhamati bilan barcha mo‘min-musulmonlar qatori biz ham orziqib kutgan Ramazon oyi kirib keldi. Yaxshi ko‘rgan narsasini topib olgan bolani xursandchiligini bir ko‘z oldimizga keltiraylik. Xursandchilikdan ko‘z yoshlarini artishligi-yu, ikkinchibor undan ajralib qolmaslik uchun mahkam quchoqlab olishi kishini qalbiga mehr-muhabbat donini sochganday tuyuladi. Qanday ham sururbaxsh damlar. Ramazon ham mo‘minning yil davomida orziqib kutgan, uni kelishini intiqlik bilan sog‘ingan, topganida esa xursandchiligidan ko‘z yoshlarini duv-duv to‘kadigan, naqadar lazzatli, shirin damlar. Ha… buni qanchalik ta’riflamaylik, tillar uning ta’rifida charchaydi.
Darhaqiqat, mo‘minlarning muallimi, dunyo va oxiratda ularning saodatgo‘yi, suyukli payg‘ambarimiz Muhammad sallollohu alayhi vasallamdan Abu Hurayra (roziyallohu anhu) rivoyat qiladi: «Rasululloh (sallallohu alayhi va sallam): «Ro‘zador ikki bor xursand bo‘ladi: birinchisi – og‘iz ochganida (iftor qilganida) va ikkinchisi – ro‘za tutib Allohga yorug‘ yuz bilan yo‘liqqanida», deganlar». Haqiqatda xuddi shunday, og‘iz ochganida ro‘zador o‘zini shunday yengil his qiladiki, xursandchilikdan go‘yo o‘zini yettinchi osmonda turgandek biladi. Allohga yorug‘ yuz bilan yo‘liqqanida u uchun va’da qilingan, faqat Allohning o‘zi biladigan mukofotga yetish umidida rahmat va mag‘firat dengiziga sho‘ng‘iydi, ta’riflab bo‘lmaydigan darajada rohat topadi.
Aziz birodarim, biz Ramazon oyini kanday o‘tkazamiz? Bu shunday ulug‘ oyki, unda jannat eshiklari ochiladi, jahannam eshiklari qulflanadi, shaytonlar kishanlanadi va mana shu qutlug‘ oyda Alloh taolo solih bandalarini do‘zahdan ozod etadi. Xo‘sh… yana nimani Yaratgan zotdan so‘rashimiz mumkin?…
Tavbani boshlang!
Tavba — bu tug‘ri yo‘lning boshi va oxiridir. U shunday mayoqki, Alloh sari yo‘l tutuvchilar o‘zlarini barcha safar va hijratlarida uni mahkam tutadilar. Yo‘lni naqadar egri, past-baland bo‘lishiga qaramay, qo‘llarini kuydirsa ham tashlab yubormaydilar. Tavba – ko‘pchilik o‘ylaganidek faqat gunohkorlar va adashganlar tutadigan yo‘l emas. Balki bu yo‘l — tavba qiluvchilarning sayyidi va obidlarning imomi bo‘lgan zot- Rasululloh sallolohu alayhi vasallamning yo‘lidir. Alloh taolo istig‘forni, tavbani gunohlarning zahrini kesuvchi malham qildi. Istig‘forning ma’nosi Alloh taolodan mag‘firat so‘rash. Gunohlar tavba hamda istig‘for bilan avf bo‘ladi. Shu bois qachon bir katta yoki kichik gunoh sodir bo‘lganda, tezlik bilan tavba va istig‘for bilan uni ketkazish lozim.
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Nabiy sallollohu alayhi vasallam: «Allohga qasamki, men bir kunda Allohga yetmish martadan ko‘p istig‘for aytib, Unga tavba qilaman», dedilar».
Alloh subhanahu va taolo gunohlarni kechiruvchi bo‘lgan zotdir, kunduzi qilingan gunohlarni kechirish uchun tunda, tunda qilingan gunohlarni kechirish uchun kunduzi butun borliqqa qarab, “Mendan so‘raydigan bormi so‘ragan narsasini beraman, gunohiga tavba qiladigan bormi gunohini kechiraman” — deb turadi. U zot Tavba kiluvchilarning tavbasini, osiy-gunohkorlarning nadomatini eshitib shod bo‘ladi.
Keling, salafi solihlarimizning Alloh taoloning ibodatida ko‘rsatgan go‘zal axloqlarini,tirishqoqliklarini o‘rganaylik. Shoyadki, ularning hayotlariga nazar solib, u zotlardan ibodatlarda mustahkam bo‘lish va oliyhimmatlik kabi sifatlardan o‘zimiz uchun biroz meros olaylik:
1. Payg‘ambarimiz sallolloxu alayhi va sallam namozlarida uzoq turganlari sababli oyoqlari shishib ketardi. Bunchalik urinishni «Axir shukr qiluvchi bandalardan bo‘lmayinmi?» deya izohlardilar. (Muttafaqun alayhi)
2. Abu Bakr roziyallohu anhu hususan namoz va Qur’on tilovatida juda ko‘p yig‘lar edilar.
3. Umar roziyallohu anhuning yonoqlarida ko‘p ko‘z yosh to‘kishning alomati bo‘lgan qora chiziqlar bor edi.
4. Usmon roziyallohu anhu Qur’oni karimni bir rak’atda o‘qib tugatgan vaqtlari ham bo‘lgan.
5. Ali roziyallohu anhu mehrobda namoz o‘qir ekanlar, soqollari ko‘z yoshidan ho‘l bo‘lib ketardi va «Ey meni chalg‘itgan va g‘urur-haddan oshishga chaqirgan dunyo, sen uch taloqsan, senga qaytish yo‘qdir!» der edilar.
Dunyodagi har-bir tojiru-savdogar mo‘may daromad qilish uchun savdo mavsumini kutib yashaydi. Biz ham Alloh va bandasi o‘rtasidagi, alamli azobdan bizlarni
Kiritilgan vaqti: 03/06/2017 00:00;
Ko‘rilganligi: 2491
Chop etilgan vaqti: 07/11/2024 03:16